O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet306/345
Sana09.12.2021
Hajmi1.64 Mb.
#179465
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   345
Bog'liq
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari

Oddiy buxgalteriya provodkasi  
— bitta schot debetlanib, ikkinchi schot kreditlanadigan buxgal-
teriya provodkasi. 
Passiv  
— buxgalteriya balansining bir qismi bo‘lib, unda korxona mab-
lag‘lari tashkil bo‘lish manbalari va tayinlanishi ko‘rsatiladi. Balansning 
passivi aktiviga o‘xshab ikkita bo‘lim va bir qancha moddalardan iborat. 
Passiv schotlar  
— o‘z mablag‘lar manbaini va majburiyatlarni hisobga oluvchi 
buxgalteriya hisobi schotlari. Mablag‘lar manbalari ko‘payishi passiv 
schotlarning kreditiga, kamayishi debetiga yoziladi. Qoldig‘i kreditida 
bo‘lib, balansning passivida ko‘rsatiladi. Schotlar rejasida passiv schot-
larning ro‘parasiga «P» (passiv) harfi quyilgan. 
Pudratchi  
— buyurtmachi korxona bilan shartnoma bo‘yicha ish bajaruvchi 
qurilish tashkiloti. Pudratchi muayyan maxsus (sanitar-texnik va b.) 
ishlarni boshqa, subpudratchi deb nomlanuvchi tashkilotlarga berishi 
mumkin. Buyurtmachi pudratchilar bilan olib boradigan hisob-kitobni 
6010 «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schot-
lar» schotida yuritadi. Pudratchilarning schotlari to‘lashga qabul qilin-
ganda 0810 «Tugallanmagan qurilish» schoti debetlanib, 6010-schot 
kreditlanadi. Pudratchilarga pul o‘tkazib berilganda 6010-schot debet-
lanib, pul mablag‘larini hisobga oladigan schotlar kreditlanadi. 
Pul  
— barcha boshqa tovarlar uchun ekvivalent bo‘lgan maxsus tovar 
bo‘lib, uning yordamida ayirboshlash amalga oshiriladi. Pul iqtisodiy 
kategoriya bo‘lib, u tovar ishlab chiqarish bilan bog‘liq.  
Qog‘oz pullar va mayda tangalar pul belgilari hisoblanib, davlat 
tomonidan chiqariladi va O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha 
to‘lovlar bo‘yicha qabul qilinishi majburiy hisoblanadi. 
Har bir davlat o‘zining pul birligiga ega. O‘zR pul birligi bo‘lib 
so‘m hisoblanadi. Bozor munosabatlari sharoitida buxgalteriya hisobin-
ing umumlashtirilgan ko‘rsatkichlarini faqat pul o‘lchovida olish mum-
kin. 


 
 
369

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling