O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov


Korxona va muassasalarning banklardagi schotlaridan


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet300/345
Sana09.12.2021
Hajmi1.64 Mb.
#179465
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   345
Bog'liq
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari

Korxona va muassasalarning banklardagi schotlaridan 
ko‘chirma  
— bank muassasalari tomonidan korxonalarga beriladigan va 
ularning hisob-kitob, joriy va ssuda schotlaridagi pul mablag‘lari hara-
katini aks ettiradigan hujjatlar. Ko‘chirmalarda korxona schoti bo‘yicha 
bankdagi yozuvlar kopiyasidagi sana, hujjatlar nomyerlari, schotning 
debeti va krediti bo‘yicha yozuvlar summasi, shuningdek mablag‘lar 
qoldig‘i yoki ssudalar bo‘yicha qarz ko‘rsatiladi. Isbotlovchi hujjatlar 
(schotlar, to‘lov topshiriqnomalari va b.) ilova qilingan holda 
ko‘chirmalar korxonaga har kuni yoki boshqa belgilangan muddatlarda 
beriladi. Olingan hujjatlar buxgalteriya tomonidan tekshiriladi va «Hi-
sob-kitob schoti»ga, «Bankdagi maxsus schotlardagi pul mablag‘larini 
hisobga oluvchi schotlar»ga, qisqa va uzoq muddatli kreditlar va 
qarzlarni hisobga oluvchi schotlarga yozish uchun asos bo‘ladi. 
Ko‘chirmalardagi yozuvlarning to‘g‘riligi tekshirilgandan so‘ng korre-
spondentlanuvchi schotlar aniqlanadi. Bunda shuni e’tiborga olish 
kyerakki, bankning ko‘chirmalaridagi debet va kreditning ma’nosi 
korxonadagi schotlarning debet va kreditiga teskari. 
Kredit  
— buxgalteriya hisobi schotining bir qismi. Aktiv schotlarning 
krediti bo‘yicha kamayishi passiv schotlarning krediti hisob obyektini 
ko‘payishini ko‘rsatadi. Kredit qoldiq faqat passiv schotlarda bo‘lishi 
mumkin. 
Kreditorlar  
— mazkur korxonaning boshqa korxona (tashkilot, muassasa)lar va 
ayrim shaxslar oldidagi ma’lum qarzi. Bu korxonalarga to‘lanadigan 
qarz kreditorlik qarzi deyiladi. Kreditorlar bilan olib boriladigan 
hisoblashishlar majburiyatlarni hisobga oladigan schotlarda yuritiladi. 
Kreditorlarning analitik hisobi har bir kreditor bo‘yicha yuritiladi. 


 
 
366

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling