O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet297/345
Sana09.12.2021
Hajmi1.64 Mb.
#179465
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   345
Bog'liq
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari

Ish haqining turlari  
— nima uchun hisoblanganligiga qarab ishchi va xizmatchilar ish 
haqining bo‘linishi. Shu nuqtai nazardan asosiy ish haqi va qo‘shimcha 
ish haqi bo‘ladi. 
 


 
 
364
Ish haqi fondi  
-ma’lum davr vaqt ichida korxona, tarmoq yoki butun xalq 
xo‘jaligining ishchi va xizmatchilariga hisoblanadigan ish haqi summa-
sining jami.  
Yillik moliyaviy hisobot  
— hisobot yilida korxona faoliyatini har tomonlama ta’riflovchi hi-
sobot turi. Yillik moliyaviy hisobot inventarizatsiya va boshqa usullar 
bilan tekshirilgan hisob ma’lumotlariga asosan tuziladi. O‘zbekiston Re-
spublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonuni (16-modda) 
bilan yillik hisobotning quyidagi shakllarini tuzish nazarda tutilgan: I. 
Korxona balansi; 2. Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot; 3. Asosiy 
vositalar harakati to‘g‘risida hisobot; 4. Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot; 
5. Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot. Yuqoridagi hisobot shakllariga 
izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar ilova qilinadi. 
Kalkulyatsiya  
— xarajatlarni guruhlash va sotib olingan moddiy qiymatliklarni
tayyorlangan mahsulot va bajarilgan ishlar tannarxini aniqlash usuli. 
Kalkulyatsiya tannarx bo‘yicha reja bajarilishi, uning pasayishi va haqi-
qiy xarajatlarning rejadigidan farqlanishini aniqlash imkoniyatini beradi. 
Demak, tannarxni kalkulyatsiya qilish korxonaning har bir 
bo‘limida tejamkorlik rejimini amalga oshirish quroli bo‘lib hisoblanadi. 
U xarajatlar obyektlari bo‘yicha va kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha 
ko‘rsatiladigan hujjat ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. 
Tuzilgan vaqti va tayinlanishiga qarab Kalkulyatsiya rejali, norma-
tiv va hisobot Kalkulyatsiyasiga bo‘linadi. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling