Reja: Ish haqining kelib chiqishi Ish haqining mazmuni va turlari


Download 36.54 Kb.
bet1/5
Sana27.12.2022
Hajmi36.54 Kb.
#1069541
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Bahodir jon


Ish haqining Iqtisodiy mazmuni

Reja:

  1. Ish haqining kelib chiqishi

  2. Ish haqining  mazmuni va turlari

  3. Ish haqining tashkil etish shakllari va tizimla

1.ish haqining kelib chiqishi

Ish haqi — mehnatga pul shaklida toʻlanadigan haq; qiymatning oʻzgargan shakli, ish kuchi (taqdim etilgan mehnat xizmati)ning bahosi, Ish kuchi qiymati va narxi bevosita ish haqida ifodalanadi. Ish haqi darajasi mehnat bozorida kelishiladi. Xodim mehnat bozorida mehnatni emas, oʻz ish kuchini sotadi. Ish haqi mehnatning pul shaklidagi bahosi boʻlib, uni ishga yollovchilar (korxona, muassasa, tadbirkor) mehnat qiluvchilarga maʼlum vaqt mobaynida maʼlum miqdordagi va muayyan sifatli ishni bajarganliklari uchun toʻlaydilar. Yollanma xodim uchun ish haqi asosiy daromadi manbai hisoblanadi.

Ish haqi — yollanma xodim daromadining asosiy manbai, unga tegishli ish qobiliyatiga boʻlgan mulkchilik huquqini iqtisodiy jihatdan roʻyobga chiqarish shakli. Shu bilan birga ish beruvchi uchun yollanma xodimlar mehnatiga toʻlanadigan haq ishlab chiqarish harajatlarining unsurlaridan biri. Ish beruvchi mehnat resurslaridan ishlab chiqarish omillaridan biri sifatida foydalanish uchun uni xarid qiladi.

Tarixi- Ish haqi miqdorining eng qadimiy vaqt birligi kundir. Soat ixtiro qilinishi bilan ishni boʻlimlarga boʻlish keng tarqaldi. Ish miqdorini oʻlchashda ish soati eng koʻp qoʻllanila boshlandi. Qadimgi Misr Oʻrta Qirolligi, Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rim ish haqi toʻlangan eng qadimiy davlatlarga kiradi.

Nominal va real ish haqi

Ish haqi miqdori yollanma xodimlarning turmush darajasini ifodalovchi koʻrsatkichdir. Nominal va real ish haqi koʻrsatkichlari mavjud. Nominal ish haqi yollanma xodimning oʻz mehnati evaziga olgan pul daromadalari. Real ish haqi xodimning olgan ish haqiga qancha va qanday isteʼmol buyumlari sotib olishi va madaniy-maishiy xizmatlardan foydalanish mumkinligini koʻrsatadi. Boshqacha aytganda real ish haqi — bu nominal ish haqining „xarid etish“ qobiliyati. Real ish haqi boshqa sharoitlar bir xil boʻlganda, nominal ish haqiga toʻgʻri mutanosibdir va isteʼmol buyumlari va xizmatlar narxining darajasiga teskari mutanosibdir.


Download 36.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling