Ishlab chiqarish zaxiralari
— korxonadagi barcha Materiallar majmuasi. Ishlab chiqarish
zaxiralari 1000 «Materiallarni hisobga oluvchi schotlar» va boshqa
schotlarda hisobga olinadi.
Ishlab chiqarish xarajatlari
—korxonaning mahsulot ishlab chiqarish uchun qilgan xarajatlari
(xom ashyo, Materiallar, yoqilg‘i, elektr enyergiya; ishchi va xiz-
matchilarning ish haqi; asosiy vosita va nomoddiy aktivlarning amorti-
zatsiyasi va h.k.).
Ishonchnoma
— ma’lum shaxs tomonidan tovar-moddiy qiymatliklar, pul mab-
lag‘lari, hujjatlar, shuningdek ma’lum harakatlarni amalga oshirish hu-
quqini beruvchi hujjat. Namunali shakldagi blankda rasmiylashtiriladi.
Uning zaruriy rekvizitlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: korxonaning
nomi; hisob-kitob schotining nomyeri va u qaysi bankda ekanligi; is-
honchnomaning harakat muddati; tovar-moddiy qiymatliklarni olishni
kim-kimga ishongani; tovar-moddiy qiymatliklarning nomi va miqdori;
ishonchnoma oluvchi shaxsning imzosi namunasi; muhr bilan tasdiqlan-
gan korxona rahbari va bosh buxgalterining imzolari.
Do'stlaringiz bilan baham: |