Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i
— daromadi bor shaxslarga davlat tomonidan belgilanadigan ma-
jburiy to‘lov. Ushbu daromad solig‘i davlat budjetining daromadiga tu-
shadi. Bu soliqni to‘lovchilar bo‘lib soliqqa tortilmaydigan minimumdan
ortiqcha daromadi bo‘lgan jismoniy shaxslar hisoblanadi
Jurnal-orderlar
— sintetik va ko‘p hollarda analitik hisobni xronologik tartibda
registratsiya qiladigan hisob registrlari. Ular hisobning jurnal-order
shaklida qo‘llaniladi. Ularga yozuvlar hujjatlarning kelib tushishiga
qarab yoki jamg‘arma qaydnomalardan oy buyicha jami olib yoziladi.
Registratsiya kredit belgisi bo‘yicha, ya’ni mazkur schotning krediti va
korrespondentlanuvchi boshqa schotlarning debeti bo‘yicha olib bori-
ladi. Bunga jurnal-orderning shaxmat shaklidan foydalanish yo‘li bilan
yerishiladi. Bunda xo‘jalik muomalalarining summasi faqat bir marta
yoziladi, lekin debetlanuvchi va kreditlanuvchi schotlar ko‘rsatiladi. Ak-
sariyat jurnal-order blanklarida yozuvlarni qulaylashtirish uchun korre-
spondentlanuvchi schotlar ko‘rsatilgan.
Zararlar
—- korxonaga bog‘liq bo‘lgan va bog‘liq bo‘lmagan sabablarga
ko‘ra unga yetkazilgan zarar. Zararlar mahsulot, ish va xizmatlarni
sotish, tabiiy ofatlar, debitorlik qarzlarini hisobdan chiqarish, to‘la am-
ortizatsiyalanmagan asosiy vositalarni hisobdan chiqarish va boshqalar-
dan bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |