Davr xarajatlari
— butun ishlab chiqarish (korxona)ni boshqarish va unga xizmat
qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar. Bu xarajatlar sotish xarajatlari,
ma’muriy xarajatlar va boshqa operatsion xarajatlardan iborat. Bu xara-
jatlar 9410 «Sotish xarajatlari», 9420 «Ma’muriy xarajatlar», 9430
«Boshqa operatsion xarajatlar» va 9440 «Kelgusida soliq solinadigan
bazadan chiqariladigan hisobot davri xarajatlari» schotlarida jamlab
borilib, qaysi hisobot davrida vujudga kelgan bo‘lsa, shu davrda quyi-
dagi provodkalar bilan hisobdan chiqariladi: D-t 9910 «Yakuniy moli-
yaviy natija», K-t 9410, 9420, 9430 va 9440.
Dalolatnoma
— buxgalteriya hisobida keng qo‘llaniladigan dastlabki hujjat.
Odatda komissiya yoki amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalari uchun
mas'uliyatli shaxslar tomonidan tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |