Buxgalteriya hisobining maqsadi va vazifalari
— foydalanuvchilarni o‘z vaqtida to‘liq hamda aniq moliyaviy va
boshqa buxgalteriya axboroti bilan ta’minlash, vazifalari: buxgalteriya
hisobi schotlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlar va
majburiyatlarning holati to‘g‘risidagi to‘liq hamda aniq ma’lumotlarni
shakllantirish; samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi
ma’lumotlarini umumlashtirish, moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hi-
sobotlarni tuzish.
Buxgalteriya hisobining predmeti
— takror ishlab chiqarish jarayonidagi korxonalar, tashkilotlar va
muassasalarning samarali boshqarilishida mablag‘lar holati hamda ular-
dan unumli foydalanish haqidagi axborotlarni shakllantirish. Turli mulk-
chilik shakllariga asoslangan, rivojlangan bozor iqtisodiyotidagi jami-
yatda individual kapital yoki mulk egasining kapitali buxgalteriya hiso-
bining predmeti hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |