O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet286/345
Sana09.12.2021
Hajmi1.64 Mb.
#179465
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   345
Bog'liq
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari

Vaqtbay ish haqi  
— ish haqi summasi ishlagan vaqt miqdoriga qarab aniqlanadigan 
ish haqi tizimi. Vaqtbay ish haqi tizimida ishlagan ishchilarga ish haqi 
soat tarif stavkasi va ishlagan soatlariga qarab aniqlanadi. Injenyer-tex-
nik xodimlar, xizmatchilar va kichik xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga ish 
haqi belgilangan oklad va ishlagan kunlariga qarab hisoblanadi. Mazkur 
oyda hamma ish kunlarida ishlagan xodimlarga to‘liq oklad hisoblanadi. 
Agar xodim mazkur oyning hamma ish kunlarida ishlamagan bo‘lsa, 
uning ish haqi quyidagicha aniqlanadi. Hisoblangan oylik oklad sum-


 
 
359
masi mazkur oyning ish kuni miqdoriga bo‘linadi va olingan natija 
(o‘rtacha kunlik ish haqi) haqiqiy ishlagan kun miqdoriga ko‘paytiriladi. 
Davlat va boshqa jamoat ishlarini bajargan kunlari uchun haq 
umumiy tartibda to‘lanadi. Vaqtbay ish haqi bo‘yicha xodimlarning 
ishlagan vaqti hisobi tabelda yuritiladi. 
Qaydnoma  
— dastlabki hujjat yoki hisob registri. Qaydnoma yig‘ma hujjat 
bo‘lishi mumkin. Buxgalteriya hisobining barcha shakllarida 
qo‘llaniladi. Hujjatlar va hisob registrlarining ro‘yxatida ularning nomi 
ko‘p uchraydi. Muomalalar amalga oshirilgan vaqtda tuzilgan qayd-
nomalar dastlabki hujjat bo‘lib xizmat qiladi. Yig‘ma qaydnomalar turli 
dastlabki hujjatlarga asosan tuziladi. Ularda dastlabki hujjatlarning 
ma’lumotlari umumlashtirilganligi keyinchalik hisob registrlarida aks 
ettirishni osonlashtiradi. Hisob registri sifatida qaydnomalar hisobning 
jurnal-order shaklida ko‘p qo‘llaniladi. Buxgalteriya hisobida jamg‘arma 
qaydnomalar, taqqoslovchi qaydnomalar, hisoblash-to‘lov qaydnomalari 
va b. qo‘llaniladi. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling