O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet285/345
Sana09.12.2021
Hajmi1.64 Mb.
#179465
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   345
Bog'liq
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari

 
 


 
 
358
Buxgalteriya hisobi subyektlari  
—davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, O‘zRda ro‘yxatga 
olingan yuridik shaxslar, ularning O‘zR hududida hamda undan tash-
qarida joylashgan sho‘ba korxonalari, filiallari, vakolatxonalari va 
boshqa tarkibiy bo‘linmalari. 
Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan 
shug‘ullanuvchi shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda 
buxgalteriya hisobini yuritadi va buxgalteriya (moliya) hisobotini 
taqdim etadi. 
Bo‘nak  
— kelajaqdagi xarajatlar va to‘lovlar hisobidan berilgan pul mab-
lag‘lari. Bo‘nak O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 
tasdiqlangan kassa muomalalarini yuritish qoidalariga asosan qat’iy bel-
gilangan maqsad uchun beriladi. Xizmat safarlari uchun naqd pul safar 
joyiga borish va qaytib kelish qiymatini to‘lash, sutkalik xarajatlar va 
turar joyni ijaraga olish xarajatlari miqdorida beriladi. 
Valyuta  
— mazkur mamlakatning pul tizimi va pul birligi (so‘m, rubl, dol-
lar, evro va h.k.), xorijiy kredit biletlari va tangalar ham valyuta 
deyiladi. 
Valyuta kursi  
— turli mamlakatlar pul birliklarining o‘zaro munosabati, ya’ni bir 
mamlakat pul birligi bahosining boshqa mamlakat pul birligidagi (yoki 
xalqaro pul birligidagi) ifodasi valyuta kursi deyiladi Xalqaro iqtisodiy 
operatsiyalar milliy valyutalarning ayirboshlanishi bilan bog‘liq. Bu 
ayirboshlash valyutalar kursini belgilashni taqozo etadi. Valyuta kursi 
pul birliklarini ayirboshlash nisbatini belgilaydi. 
Valyuta kurslari talab va taklif mexanizmi orqali valyuta bozorida 
valyutalarning kundalik oborotini solishtirish jarayonida vujudga keladi. 
Pul birligining bahosi pulning xarid qobiliyati asosida shakllanadi. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling