Hisob registrlari — hisob yozuvlari uchun tayinlanib, chizilgan
qog‘oz varaqlari. Ular tipografiya usulida tayyorlanadi va ularda qanday
obyektlar hisobga olinishi hamda qanday ko‘rsatkichlar olinishiga qarab
turli shakllar (chiziqlar)ga ega bo‘ladi. Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha hisob
registrlari yerkin varaqlarda (qaydnomalarda), kartochkalar va daftar-
larda bo‘lishi mumkin. Mazmunining hajmiga qarab hisob registrlari
sintetik hisob va analitik hisobga ajratiladi. Hisob yozuvlarining tur-
lariga qarab hisob registrlari xronologik va tizimli (sistematik)ga
bo‘linadi.
Hujjat — yozma isbot, guvoh. Buxgalteriya hisobi schotlaridagi
yozuv hujjatlarga asoslanadi. Buxgalteriya hujjatlari xo‘jalik muomala-
larini amalga oshirish yoki haqiqiy amalga oshganligi, uning qonuniyligi
va maqsadga muvofiqligini tasdiqlovchi yozma dalildir.
Do'stlaringiz bilan baham: |