Statistik hisob miqdor ko‘rsatkichlarida ifodalanadigan ijtimoiy-
ommaviy hodisalarni sifat jihatdan tavsiflab, kuzatish va aks ettirish
hamda jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini o‘rganish tizimidir.
Statistik hisob ishlab chiqaruvchi kuchlar, ishlab chiqarish mu-
nosabatlari va ijtimoiy turmushdagi siyosiy va madaniy jarayonlar rivo-
jlanishining asosiy qonuniyatlarini ochib beradi. Iqtisodiyotni boshqar-
ish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ish, statistik tahlil qilish va
axborotdan foydalanuvchilarga o‘z vaqtida taqdim etish statistik hi-
sobning asosiy vazifasidir. Bu maqsadda statistik hisob buxgalteriya va
operativ hisob ma’lumotlaridan foydalanib, shu bilan birga ularning
tuzulishiga ham ta’sir etadi.
O‘rganilayotgan hodisalarning xususiyatiga ko‘ra statistik hisobda
natura, mehnat va pul o‘lchovlaridan foydalaniladi. Statistik hisob
ma’lumotlarni to‘plash va ishlov berishning muayyan metodik usullari-
dan, masalan, yalpi va tanlab kuzatish, statistik to‘plash, statistik guruh-
lash, o‘rtacha miqdorlarni hisoblash, indekslar va boshqalardan foy-
dalanib, xo‘jalik faoliyatining asosiy qonuniyatlarini ochib beradi.
Davlat boshqaruv organlari tomonidan statistik ma’lumotlar
asosida prognozlar ishlab chiqiladi, iqtisodiy siyosat sohasidagi qarorlar
qabul qilinadi. Mamlakat iqtisodiyotini tezkor boshqarish bo‘yicha aniq
chora-tadbirlar belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |