O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov
Buxgalteriya hisobining maqsadi, vazifalari va funksiyalari
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari
1.5. Buxgalteriya hisobining maqsadi, vazifalari va funksiyalari
O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qon- unining 2-moddasiga muvofiq, «Buxgalteriya hisobining maqsadi foy- dalanuvchilarni o‘z vaqtida to‘liq hamda aniq moliyaviy va boshqa bux- galteriya axboroti bilan ta’minlash»dir. 1 Shuningdek, ushbu maqsadga yerishish uchun buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi vazifalar quyilgan: « – buxgalteriya hisobi schotlarida aktivlarning holati va xarakati, mulkiy huquqlar va majburiyatlarning holati to‘g‘risida to‘liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish; - samarali boshqaruv maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumot- larini umumlashtirish; - moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni aniq tuzish» 2 . Shuningdek, buxgalteriya hisobi korxona xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya qilishi ustidan nazorat o‘rnatish, xo‘jalik faoliyatida salbiy holatlarning oldini olish va uning moliyaviy barqarorligini ta’minlaydigan ichki xo‘jalik imkoniyatlarini topishni ta’minlashi zarur. Buxgalteriya hisobining birinchi vazifasi korxona rahbarlari, ta’sis- chilari, ishtirokchilari va mulkdorlari, investorlar, kreditorlar, xaridorlar va boshqa axborotdan foydalanuvchilar manfaatlaridan kelib chiqadi. Buxgalteriya axborotlari to‘liq va ishonchli bo‘lishi, ya’ni foydalanu- vchilarga xo‘jalik yurituvchi subyekt to‘g‘risida, uning mulklari, ma- jburiyatlari, faoliyat natijalari to‘g‘risida barcha zarur axborotlarni taqdim qilishi, demak, korxona ma’muriyati va boshqa axborotdan foy- dalanuvchilar uchun foydali bo‘lishi lozim. Ikkinchi vazifaning mazmuni shundan iboratki, buxgalteriya hisobi tizimida korxona moliya-xo‘jalik faoliyati faktlarining O‘zbekiston Re- spublikasi qonunchiligiga mosligi ustidan nazorat o‘rnatish uchun ma’lumotlarni shakllantirish zarur. Bunday axborotlar xo‘jalik muomalalarining maqsadga muvofiqligini, moddiy, mehnat va moli- yaviy resurslardan oqilona foydalanishni tasdiqlashi lozim. 1 O‘zbekiston Respublikasi qonuni «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida «, 2-modda. 2 Shu erda 14 Uchinchi vazifa korxona xo‘jalik faoliyatini boshqarishning sama- radorligini oshirishga qaratilgan. Shu bilan birga, shartnomalarning bajarilishini, tejamkorlikka rioya qilishni va mulkning saqlanishini ta’minlashni nazorat qilish ham hi- sobning vazifasiga kiradi. Shartnoma majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish buxgal- teriya hisobi tomonidan ikkita vazifani bajarishda ifodalanadi. Bir- inchisi, buxgalteriya hisobi tadbirkorlikni rivojlantirishning joriy va is- tiqbolli rejalarini tuzish uchun zarur dastlabki ma’lumotlar beradi. Chunki mavjud bozor konyunkturasini, moddiy, mehnat va moli- yaviy resurslarni hisobga olmay turib, haqqoniy biznes-reja top- shiriqlarini tuzish mumkin emas. Ikkinchidan, shartnoma majburiyat- larini bajarish uchun bir vaqtning o‘zida ularning bajarilishini nazorat qilishni tashkil etish zarur. Ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmat- larning tannarxini pasaytirish, korxonalarda va uning bo‘linmalarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish buxgalteriya hisobining muhim vazifasidir. Bundayulkan vazifalar korxonalarning hamma ichki imkoniyatlarini axtarib topish va ulardan samarali foydalanish, iqtisodiy tejamkorlikka rioya qilish, ishlab chiqar- ish zaxiralarini va xarajatlarini o‘z vaqtida hisobga olib borish bilan mu- vaffaqiyatli amalga oshiriladi Buxgalteriya hisobi boshqaruv tizimida quyidagi funksiyalarni bajaradi (1.4-rasm). Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling