O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/345
Sana09.12.2021
Hajmi1.64 Mb.
#179465
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   345
Bog'liq
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari

3-muomala. Materiallarni temir yo‘l stansiyasidan korxona ombo-
riga tashib keltirganligi uchun transport tashkilotiga 3000 so‘m 
hisoblandi. Ushbu summa transport-tayyorlov xarajatlarini aks ettiradi 
va olingan Materiallarning haqiqiy tannarxiga qo‘shilishi lozim. Ushbu 
xarajatlarning ko‘payishi 1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» 
schotining debetida ham yozilish mumkin. Ushbu summaga 6010-«Mol 
yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» schoti 
kreditlanadi, chunki uning kreditida transport tashkilotiga bo‘lgan 
qarzning ko‘payishi aks ettiriladi. 
Dt 1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schoti 3000 
so‘m 
Kt 6010-«Mol yetkazib beruvchilar  
va pudratchilargi to‘lanadigan schotlar» schoti… … … 3000 so‘m 
4-muomala. Sotib olingan Materiallar shartnoma bahosi bo‘yicha 
(60000 so‘m) omborga kirim qilindi. Ularning kirimi 1010-«Xom-ashyo 
va Materiallar» aktiv schotining debetida aks ettiriladi. 1510-«Material-
larni tayyorlash va xarid qilish» schoti debetida avval aks ettirilgan fak-
tura qiymati (60000 so‘m) uning krediti bo‘yicha hisobdan chiqariladi.  
D-t 1010-«Xom-ashyo va Materiallar» schoti  
– 60000 so‘m. 
K-t 1510-«Materiallarni tayyorlash va 
xarid 
qilish» 
schoti 
 
   – 
60000 
so‘m 
Muomalalarni sintetik schotlarda aks ettirish bilan bir vaqtning 
o‘zida «A» va «B» Materiallarni hisobga oladigan analitik schotlarda 
ham ularning ulgurji baholari bo‘yicha, ya’ni «A» Material – 20000 
so‘m va «B» Material 40000 so‘m aks ettiriladi. 
5-muomala. Mol yetkazib beruvchilardan olingan Materiallar 
bo‘yicha transport-tayyorlov xarajatlariga to‘g‘ri keladigan farq summa 
(4200 so‘m) aniqlandi (2-muomala bo‘yicha 1200 so‘m Q 3-muomala 
bo‘yicha 3000 so‘m). Ushbu summa 1510-«Materiallarni tayyorlash va 
xarid qilish» schotining debet oboroti (64200 so‘m) va kredit oboroti 
(60000 so‘m) ni solishtirish natijasida aniqlanadi. Mazkur schotni yop-
ishda farq summa (4200 so‘m) 1610-«Materiallar qiymatidagi farqlar» 
schotining debetiga olib boriladi, ya’ni: 
D-t 1610-«Materiallar qiymatidagi  
farqlar» 
schoti 
 
    4200 
so‘m 


 
 
152
K-t 1510-«Materiallarni tayyorlash 
va xarid qilish» schoti 
 
  4200 
so‘m 
6-muomala. Mol yetkazib beruvchilarga shartnomaga muvofiq 
o‘tkazilgan 15 foizlik oldin to‘lov (bo‘nak) – 9180 so‘m hisobga qabul 
qilindi: 
D-t 6010-"Mol yetkazib beruvchilar va  
pudratchilarga to‘lanadigan schotlar" –   
9180 so‘m 
K-t 4310-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga 
to‘langan bo‘naklar» schoti–  
9180 
so‘m. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling