O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari
Ta’minot jarayonida korxona mol yetkazib beruvchilardan asosiy
vositalar, xom-ashyo, Materiallar, yoqilg‘ilar va mahsulot ishlab chiqar- ish hamda ishlab chiqarish jarayonini ta’minlash uchun zarur bo‘ladigan boshqa buyumlarni sotib oladi. Bunday tovar-moddiy qiymatliklar hi- sobda haqiqiy tannarxi bo‘yicha aks ettiriladi. Sotib olinadigan tovar- moddiy boyliklarning haqiqiy tannarxi ikkita asosiy miqdor: ularning xarid narxi va transport-tayyorlov xarajatlaridan iborat. Xarid narxi – bu xaridor va mol yetkazib beruvchi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga mu- vofiq mol yetkazib beruvchilar tomonidan to‘ldiriladigan tovar hamda hisob-kitob hujjatlarida (schot-faktura; to‘lov talabnomasi va boshqalar) ko‘rsatilgan qiymatdir. Erkin iqtisodiyot sharoitida tovar-moddiy zaxiralar talab va taklif darajasidan kelib chiqqan holda bozor narxlarida xarid qilinadi. Transport-tayyorlov xarajatlari tovar-moddiy zaxiralarini mol yet- kazib beruvchilardan temir yo‘l, suv transporti yoki avtotransportda tashib keltirish, ularni yuklash va tushirish, tabiiy kamayish natijasida yo‘lda yo‘qolishi hamda ta’minot-savdo korxonalarining ustama xara- jatlaridan tashkil topadi. Transport-tayyorlov xarajatlari sanoatning bir qancha tarmoqlarida tovar-moddiy qiymatliklarining sezilarli qismini tashkil etadi. Ularning miqdori yuklarni tashish masofasi, savdo- ta’minot korxonalarining uzoqligi, transport vositalarining turlari va boshqa omillarga bog‘liq. №4-«Tovar-moddiy zaxiralar» nomli BHMSga muvofiq transport-tayyorlov xarajatlari sotib olingan tovar- moddiy qiymatiga qo‘shiladi. Ta’minot jarayoni korxonaning ta’minot rejasi (grafigi) asosida amalga oshiriladi. Uning asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat: korxona tomonidan sotib olinadigan tovar-moddiy qiymatliklarning miqdori, muddati, turlari va hokazo. Shu munosabat bilan ta’minot 148 jarayonini hisobga olishning asosiy vazifalari ta’minotning haqiqiy ha- jmini va sotib olinadigan tovar-moddiy qiymatliklarning haqiqiy tan- narxini aniqlashdan iborat. Buxgalteriya hisobining analitik va sintetik schotlari tizimida sotib olinadigan tovar-moddiy qiymatliklarining miqdori va turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllanib, ular ta’minot jarayonini miqdor va qiymat jihatidan nazorat qilishni ta’minlaydi. Shuningdek, buxgalteriya hisobi tizimidan korxonaning barcha turdagi tovar-moddiy qiymatliklarini sotib olish hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham olish mumkin. Tovar-moddiy qiymatliklarni hisobga olish uchun 1000-«Materi- allarni hisobga oluvchi schotlar» (1010-«Xom-ashyo va Materiallar», 1020-«Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar», 1030-«Yoqilg‘ilar», 1040-«Ehtiyot qismlar», 1050-«Qurilish Material- lari», 1060-«Idish va idish Materiallari» va boshqa schotlar) mo‘ljallangan. Tovar-moddiy qiymatliklarni sotib olish uchun tuzilgan shartnomaga muvofiq xaridor mol yetkazib beruvchiga ko‘rsatilgan summaning kamida 15%ini oldin to‘lov yo‘li bilan o‘tkazib berishi lozim. Buning uchun xaridor bankka to‘lov topshiriqnomasi (shartnoma va mol yetkazib beruvchi taqdim qilgan schot-fakturani ilova qilgan holda) taqdim etadi. So‘ngra mol yetkazib beruvchining yukni kuzatu- vchi hujjatlariga muvofiq xaridor korxonada kirim hujjatlari rasmiy- lashtirilib, omborga kirim qilinadi va xarid narxiga yuqorida qayd qilin- gan schotlardan tegishlisi debetlanadi. Tovar-moddiy qiymatliklarga te- gishli transport-tayyorlov xarajatlari ham ushbu schotlarga olib boriladi. Shunday qilib, tovar-moddiy qiymatliklarni hisobga oladigan schotlarn- ing debet oboroti ta’minotning haqiqiy hajmini, ya’ni hisobot davri ichida haqiqatan olingan tovar-moddiy qiymatliklarning umumiy sum- masini, ularning haqiqiy tannarxi bo‘yicha aks ettiradi. Ushbu schot- larning kreditida esa, tovar-moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarx bo‘yicha sarflanishi ko‘rsatiladi. Ularning qoldiqlari faqat debet to- monida bo‘lib, tovar-moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxi bo‘yicha omborda mavjudligini bildiradi. Ta’minot jarayonini boshqarish uchun tayyorlangan tovar-moddiy qiymatliklarning umumiy hajmi ko‘rsatkichidan tashqari keltirilgan Materiallarning har bir turi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham zarur. Bunday ma’lumotlar analitik schotlar yordamida olinadi. Analitik hisobda, qoidaga ko‘ra, tegishli material turining shart- noma bahosi bo‘yicha qiymati ko‘rsatiladi. Tovar-moddiy qiymatlik- larning harakatini aks ettiradigan dastlabki hujjatlarda faqat material- 149 larning shartnoma bahosi bo‘yicha qiymati ko‘rsatiladi. Transport-tayy- orlov xarajatlari esa barcha Materiallarga taalluqli jami summasi bilan yoziladi. Ushbu xarajatlarning har bir Material turiga to‘g‘ri keladigan ulushi oy oxirida bir marta hisob-kitob yo‘li bilan aniqlanib, alohida material turlarining haqiqiy tannarxini aniqlash uchun, ularning shart- noma baholari bo‘yicha qiymatiga qo‘shiladi. Korxonaning mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblari 4300- «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklarni hi- sobga oluvchi schotlar» (4310, 4320, 4330)va «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar»da (6010, 6020) aks ettiriladi. 4300-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklarni hisobga oluvchi schotlar» aktiv bo‘lib, ularning debetida tovar-moddiy qiymatliklar, uzoq muddatli aktivlarning yetkazib berilishi va ishlarning bajarilishi uchun o‘tkazilgan bo‘naklar aks ettiriladi. 6000-«Mol yet- kazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» (6010, 6020) passiv bo‘lib, ularning kreditida korxonaning turli mol yetkazib beruvchi va pudratchilardan olingan tovar-moddiy qiymatliklar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar va boshqa aktivlar uchun joriy qarzlari aks ettiri- ladi. Bu schotlarning debetida to‘langan to‘lov hujjatlarining summalari, ya’ni mol yetkazib beruvchilarga to‘lanishi lozim bo‘lgan qarzlarning kamayishi ko‘rsatiladi. 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» (6010, 6020) schotining kredit qoldig‘i mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanishi lozim bo‘lgan qarzlarning joriy qismini bildiradi. Ta’minot jarayoniga oid xo‘jalik muomalalarini hisobda aks etti- rishga doir misollarni ko‘rib chiqamiz. Faraz qilaylik, korxonada 1 aprel 2011 yil holatiga Materiallarni hisobga oluvchi schotlarning qoldiqlari quyidagicha: 1010-«Xom ashyo va Materiallar» schoti100000 so‘m. shu jumladan: Materiallarning jami summasidan, so‘m hisobida: «A»Material (3000 kg x 20 so‘m) 60000 so‘m. «B»Material (1000 kg x 40 so‘m) 40000 so‘m. Jami : 100000 so‘m. 5110-«Hisob-kitob schoti»90000 so‘m. 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar»12000 so‘m. Mol yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq korxonaga 61200 so‘mlik schot taqdim qilingan. Jumladan: 150 «A» Material – 20000 so‘m (1000 kg x 20 so‘m) «B» Material – 40000 so‘m (1000 kg x 40 so‘m). Jami 60000 so‘m Materiallarni temir yo‘l orqali tashib keltirish qiymati korxona hisobidan qoplanadi 1200 so‘m H a m m a s i: 61200 so‘m Mazkur korxonada aprel oyi davomida quyidagi ta’minot jaray- oniga oid muomalalar sodir bo‘lgan. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling