O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov
V BOB. BAHOLASH VA TA’MINOT JARAYONINI
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari
V BOB. BAHOLASH VA TA’MINOT JARAYONINI
HISOBGA OLISH 5.1. Baholashning mohiyati, ahamiyati va tamoyillari O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi» qon- unining 4-moddasiga muvofiq barcha asosiy va joriy aktivlar, majburi- yatlar, xususiy kapital, daromadlar va xarajatlar hamda moliya-xo‘jalik faoliyatining boshqa tomonlari buxgalteriya hisobining obyektlari hisoblanadi. Ushbu hisob obyektlarini yagona o‘lchov – pul o‘lchoviga keltirish uchun ularni baholash ya’ni pulda ifodalash zarur. Baholash – bu hisob obyektlarini natural o‘lchovlardan pul o‘lchoviga o‘tkazish usulidir. Baholash tufayligina buxgalteriya hisobida har xil o‘lchovlarda ifodalangan hisob obyektlarini umumlashtirishga muvaffaq bo‘linadi. Masalan, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, in- vestitsiyalar, Materiallar, chet el valutasi va hokazolar bitta umumlashti- ruvchi o‘lchov – pul o‘lchovida ifodalanadi. Baholash yordamida xo‘jalik mablag‘lariga sarflangan va xo‘jalik jarayonlarida iste’mol qilingan, buyumlashgan va jonli mehnat xarajat- larini haqqoniy aks ettirish ta’minlanadi. Shuning uchun buxgalteriya hi- sobida xo‘jalik mablag‘larini baholashning negizini ularning haqiqiy tannarxini hisoblash tashkil etadi. Tannarx shakllanishi va ishlab chiqarishning alohida uchastkalaridagi boshqa qiymat o‘lchovlarining shakllanishi to‘g‘risida to‘laroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun baho- lashning boshqa usullari ham qo‘llaniladi. Masalan, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, ularni sotib olish, qurish va barpo qilish dastlabki qi- ymati bo‘yicha hamda eskirishi chegirib tashlangan qoldiq, ya’ni sof qi- ymati bo‘yicha baholanadi. Eskirish yoki amortizatsiya hisoblash asosiy vositalarning bahosini aniqlashtirish usuli hisoblanadi. Xom-ashyo va Materiallar, boshqa tovar-moddiy zaxiralari haqiqiy tannarxi bilan bir qatorda ulgurji narxlari, normativ tannarxi bo‘yicha; tayyor mahsulotlar- ishlab chiqarish reja tannarxi va normativ tannarxi bo‘yicha baholanadi. Ish haqi hisoblash mohiyatiga ko‘ra mehnat o‘lchovini pul o‘lchoviga o‘tkazish usuli hisoblanadi. 143 Xo‘jalik mablag‘larini baholash uchun haqiqiy tannarx faqat ta’minot, ishlab chiqarish va realizatsiya jarayonlari bilan bog‘liq xara- jatlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish natijasida olinishi mumkin. Hi- sob-kitob asosida tannarxni aniqlash usuliga kalkulyatsiyalash deb ata- ladi. Baholash va kalkulyatsiyalash buxgalteriya hisobi metodining asosiy usullaridan bo‘lib, ularsiz buxgalteriya hisobining muhim umum- lashtiruvchi qiymat o‘lchovlari to‘g‘risidagi axborotlarni shakllantira- digan tizim sifatidagi asosiy tavsifi ro‘yobga chiqmaydi. Yerkin iqtisodiyot sharoitida har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt aktivlari, passivlari, xo‘jalik jarayonlari va ularning natijalari o‘zlarining aniq ifodasini qiymat shaklida aks ettirishi lozim. Xarajatlar va ishlab chiqarish natijalari, soliq, bank va boshqa kredit muassasalari, korxo- nalar hamda tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlar, xodimlar bilan hisob-kitoblar, xususiy kapital va kapital quyilmalarning harakati faqat qiymat shaklida aks ettirilishi mumkin va tegishli tarzda baholashni ta- lab etadi. Demak, baholash va kalkulyatsiya korxona aktivlari, passivlari hamda xo‘jalik jarayonlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish tizimin- ing ajralmas qismidir. Ta’minot jarayonini buxgalteriya hisobida aks et- tirish Materiallarni tayyorlash tannarxini aniqlash bilan yakunlanib, ular ishlab chiqarishga shu tannarx bo‘yicha beriladi. Ishlab chiqarish jaray- onini buxgalteriya hisobida aks ettirish natijasida tayyor mahsulot (ba- jarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat)larning haqiqiy tannarxi aniqlanib, ular shu tannarx bo‘yicha sotiladi. Realizatsiya jarayonini buxgalteriya hiso- bida aks ettirish natijasida mahsulot(ish, xizmat)larning to‘la tannarxiga qo‘shilmaydigan realizatsiya xarajatlari hamda realizatsiya ning moli- yaviy natijasi aniqlanadi. Xo‘jalik mablag‘lari va ularning vujudga kelishi manbalari alohida elementlar bo‘yicha buxgalteriya hisobi schotlarida pul ifodasida aks et- tiriladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobining asosiy obyektlariga quyidagilar kiradi: o‘z mablag‘lari, qarz mablag‘lar va ularning harakati; xo‘jalik jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan jonli va bu- yumlashgan mehnat xarajatlari; xo‘jalik munosabatlari ya’ni mol yet- kazib beruvchilar, pudratchilar, xaridorlar, davlat budjeti va shunga o‘xshashlar bilan bo‘ladigan hisob-kitob munosabatlari. Byudjetdan moliyalashtiriladigan subyektlarda ayrim o‘ziga xos hisob obyektlari mavjud. Bularga davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar; byudjetdan ajratilgan mablag‘lar hisobidan qilingan sarflar (tasdiqlangan smetalar bo‘yicha); pullik va hisob-kitob muomalalari misol bo‘ladi. 144 Xo‘jalik faoliyatining tartibga solinishi talab va taklif ta’siri ostida kechadigan bozor iqtisodiyoti sharoitida mulklar va majburiyatlar haqqoniyligi va birligining asosiy tamoyillari ularni baholashning to‘g‘riligini belgilaydi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling