O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov
Asosiy hisob obyektlarini baholash usullari
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.1-rasm. Baholanadigan asosiy hisob obyektlari
5.2. Asosiy hisob obyektlarini baholash usullari
Buxgalteriya hisobida baholanishi lozim bo‘lgan asosiy obyektlarni quyidagicha turkumlash mumkin (5.1-rasm): Asosiy vositalar Nomoddiy aktivlar Materiallar Hisob obyektlari Tayyor mahsulotlar Tovarlar 5.1-rasm. Baholanadigan asosiy hisob obyektlari Mulklar va majburiyatlar hamda xo‘jalik jarayonlarini baholash mamlakat hududida amal qilayotgan milliy valuta, ya’ni so‘mda amalga oshiriladi. Agar ular xorijiy valyutada ifodalangan bo‘lsa, u holda uni xo‘jalik muomalasi sodir bo‘lgan sanadagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki o‘rnatgan rasmiy kurs bo‘yicha so‘mga aylantiriladi. Bir vaqtning o‘zida ko‘rsatilgan yozuvlar hisob-kitob va to‘lov hujjat- larida xorijiy va milliy valyutada aks ettiriladi. Shuning uchun baholash xalqaro standartlar bilan qat’iy belgilab quyilmagan bo‘lsada, buxgalteriya hisobining muhim elementlaridan biri hisoblanadi. Hisob obyektlarining xo‘jalik muomalasini hisobga qabul qiladigan sanadagi dastlabki bahosi bilan bir qatorda baholashning 145 boshqa usullari ham qo‘llaniladi. Boshqa baholash usullarini qo‘llashning zarurati eng avvalo, inflyatsiya jarayonlari bilan bog‘liq. Shuning uchun baholashning boshqacha usullaridan foydalanish dast- labki bahoni real mahsulot, ish va xizmatlarni takror ishlab chiqarish xarajatlarining hozirgi holatiga yaqinlashtirishga yo‘naltirilgan. Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlarida xo‘jalik yurituvchi subyekt obyektlarini baholashning quyidagi uslublari e’tirof etilgan: 9 haqiqiy sotib olish qiymati; 9 tiklash qiymati, ya’ni tegishli aktivlar turlarining, ularni hozirgi sharoitda takror ishlab chiqarishga mos keladigan qiymati; 9 normal bozor kon’yunkturasidan kelib chiqib, uning oddiy faoliyati sharoitida sotish mumkin bo‘lgan baho; 9 diskontlangan qiymat. Diskontlangan qiymat muayyan aktivni foydalanishdan yaqin kelajakda olinishi taxmin qilinayotgan iqtisodiy naflar yig‘indisidan iborat. Ayrim hisob obyektlarini bevosita haqiqiy tannarxi bo‘yicha hisobga quyishga to‘sqinlik qilayotgan boshqa bir sabab, ayrim xo‘jalik muomalalarining ommaviy tavsifga ega ekanligi hisoblanadi. Bular asosan moddiy tusdagi, likvidligi yuqori hisoblangan xom-ashyo, asosiy Materiallar, yoqilg‘i va boshqalar. Ma’lumki, ularning joriy hisobi har kuni yuritilib, xo‘jalik muomalalari ko‘p miqdorda sodir bo‘lganida sotib olish uchun qilingan haqiqiy xarajatlar summasini qayd qilish va berish paytida darhol schotlarda aks ettirish imkoni hamma vaqt ham bo‘lavermaydi. Hisob siklining oxiriga kelib dastlabki hisob hujjatlari bilan tasdiqlangan, ishlab chiqarish zaxiralarining harakati to‘g‘risida aniq va to‘liq axborotga ega bo‘linganida, ushbu baholar haqiqiy tannarx darajasiga yetkaziladi. Baholashni aniqlashtirish hisob-kitobining ne- gizida qat’iy hisob baholarining mazkur zaxiralar haqiqiy qiymatidan chetga chiqishining o‘rtacha foizini aniqlash yotadi. Mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar, turli debitorlar va kredi- torlar bilan hisob-kitoblar joriy hisobda dastlabki hisob hujjatlari bilan tasdiqlangan xo‘jalik muomalalarining mazmunidan kelib chiqadigan summalarda ko‘rsatiladi. Ayrim hisob obyektlari bo‘yicha ularning dastlabki, nominal bahosi real bahosidan yuqori bo‘lgan hollarda bunday obyektlarning qiymati balansda real bahoda aks ettirilishi lozim. Shunday qilib, eng umumiy ko‘rinishda baholash iqtisodiy hodis- alarni pul o‘lchovida ifodalash usulidir. 146 Alohida hisob obyektlarining real bahosini noto‘g‘ri hisoblash nati- jasida iqtisodiy hodisalar faktlari noto‘g‘ri sharhlanadi (interpretatsi- yalanadi). Keyinchalik ularni umumlashtirish esa korxona boshqaruv xodimlari tomonidan noto‘g‘ri qarorlar qabul qilishga olib keladi. Shunday qilib, haqiqiy tannarx mulklar va majburiyatlarni baho- lashning asosi bo‘lib hisoblanadi. Uning ko‘lami muayyan nomdagi mahsulot, bajarilgan ish yoki xizmat turini ishlab chiqarish hamda sotish xarajatlarining pulda ifodalanishini bildiradi. Tannarx shakllanishi ichki xo‘jalik hisob-kitobini tashkil etishga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Mahsulot(ish, xizmat)larning sotish bahosi ularning tannarxiga bog‘liq holda shakllantiriladi. Natijada ishlab chiqarishning rentabelligi tannarxga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun menejerlar mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini boshqarishga doimiy e’tibor qaratishlari, baholash- ning asosiy tamoyillari – reallik va birlik – hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Baholashning boshqa usullari mulklar va majburiyatlarning tur- lariga bog‘liq. Chunonchi asosiy vositalar ularni takror ishlab chiqarish dastlabki qiymati bilan birga qoldiq va tiklash qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. Qoldiq qiymati hisobda asosiy vositalarning real bahosini, ya’ni dastlabki qiymatidan eskirish summasini chegirib tashlagan holda hisoblash uchun qo‘llaniladi. Tiklash qiymati hozirgi haqiqiy xarajat- larni, ularning haqiqiy tannarxini tavsiflaydi. Asosiy vositalarning dast- labki qiymatini tiklash qiymatiga o‘tkazish qayta baholash orqali amalga oshiriladi. Tovar-moddiy zaxiralar (xom ashyo, materiallar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va b.) qabul qilishda oldin qat’iy hisob baholari bo‘yicha: normativ yoki reja tannarxi hisobot oyi oxiriga ularni tayyorlashning haqiqiy tannarxini hisoblash sharti bilan hisobga olinadi. Tovar-moddiy zaxiralarni sarflashda quyidagi ikkita baholash usulidan bittasi qo‘llaniladi: 1. O‘rtacha haqiqiy tannarx bo‘yicha 2. FIFO usuli bo‘yicha Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqarish zaxiralarini baholashning quyidagi usullaridan ham foydalaniladi: 1. Keyingi partiyani kirimga olib, birinchisini sarflash (LIFO) usuli 2. Bazis usuli va boshqalar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling