O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov


Asosiy hisob obyektlarini baholash usullari


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/345
Sana09.12.2021
Hajmi1.64 Mb.
#179465
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   345
Bog'liq
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari

5.2. Asosiy hisob obyektlarini baholash usullari 
 
Buxgalteriya hisobida baholanishi lozim bo‘lgan asosiy obyektlarni 
quyidagicha turkumlash mumkin (5.1-rasm): 
 
 
 
 
 
Asosiy vositalar 
 
 
 
 
 
 
 
Nomoddiy aktivlar 
 
 
 
 
 
 
 
Materiallar 
 
 
 
 
Hisob  
obyektlari 
 
 
Tayyor mahsulotlar 
 
 
 
 
 
 
 
 
Tovarlar 
 
5.1-rasm. Baholanadigan asosiy hisob obyektlari 
 
Mulklar va majburiyatlar hamda xo‘jalik jarayonlarini baholash 
mamlakat hududida amal qilayotgan milliy valuta, ya’ni so‘mda amalga 
oshiriladi. Agar ular xorijiy valyutada ifodalangan bo‘lsa, u holda uni 
xo‘jalik muomalasi sodir bo‘lgan sanadagi O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy Banki o‘rnatgan rasmiy kurs bo‘yicha so‘mga aylantiriladi. 
Bir vaqtning o‘zida ko‘rsatilgan yozuvlar hisob-kitob va to‘lov hujjat-
larida xorijiy va milliy valyutada aks ettiriladi.  
Shuning uchun baholash xalqaro standartlar bilan qat’iy belgilab 
quyilmagan bo‘lsada, buxgalteriya hisobining muhim elementlaridan 
biri hisoblanadi. Hisob obyektlarining xo‘jalik muomalasini hisobga 
qabul qiladigan sanadagi dastlabki bahosi bilan bir qatorda baholashning 


 
 
145
boshqa usullari ham qo‘llaniladi. Boshqa baholash usullarini 
qo‘llashning zarurati eng avvalo, inflyatsiya jarayonlari bilan bog‘liq. 
Shuning uchun baholashning boshqacha usullaridan foydalanish dast-
labki bahoni real mahsulot, ish va xizmatlarni takror ishlab chiqarish 
xarajatlarining hozirgi holatiga yaqinlashtirishga yo‘naltirilgan.  
Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlarida xo‘jalik yurituvchi 
subyekt obyektlarini baholashning quyidagi uslublari e’tirof etilgan: 
9 
haqiqiy sotib olish qiymati; 
9 
tiklash qiymati, ya’ni tegishli aktivlar turlarining, ularni 
hozirgi sharoitda takror ishlab chiqarishga mos keladigan qiymati; 
9 
normal bozor kon’yunkturasidan kelib chiqib, uning oddiy 
faoliyati sharoitida sotish mumkin bo‘lgan baho; 
9 
diskontlangan qiymat. 
Diskontlangan qiymat muayyan aktivni foydalanishdan yaqin 
kelajakda olinishi taxmin qilinayotgan iqtisodiy naflar yig‘indisidan 
iborat. Ayrim hisob obyektlarini bevosita haqiqiy tannarxi bo‘yicha 
hisobga quyishga to‘sqinlik qilayotgan boshqa bir sabab, ayrim xo‘jalik 
muomalalarining ommaviy tavsifga ega ekanligi hisoblanadi. Bular 
asosan moddiy tusdagi, likvidligi yuqori hisoblangan xom-ashyo, asosiy 
Materiallar, yoqilg‘i va boshqalar. Ma’lumki, ularning joriy hisobi har 
kuni yuritilib, xo‘jalik muomalalari ko‘p miqdorda sodir bo‘lganida 
sotib olish uchun qilingan haqiqiy xarajatlar summasini qayd qilish va 
berish paytida darhol schotlarda aks ettirish imkoni hamma vaqt ham 
bo‘lavermaydi. Hisob siklining oxiriga kelib dastlabki hisob hujjatlari 
bilan tasdiqlangan, ishlab chiqarish zaxiralarining harakati to‘g‘risida 
aniq va to‘liq axborotga ega bo‘linganida, ushbu baholar haqiqiy tannarx 
darajasiga yetkaziladi. Baholashni aniqlashtirish hisob-kitobining ne-
gizida qat’iy hisob baholarining mazkur zaxiralar haqiqiy qiymatidan 
chetga chiqishining o‘rtacha foizini aniqlash yotadi.  
Mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar, turli debitorlar va kredi-
torlar bilan hisob-kitoblar joriy hisobda dastlabki hisob hujjatlari bilan 
tasdiqlangan xo‘jalik muomalalarining mazmunidan kelib chiqadigan 
summalarda ko‘rsatiladi.  
Ayrim hisob obyektlari bo‘yicha ularning dastlabki, nominal 
bahosi real bahosidan yuqori bo‘lgan hollarda bunday obyektlarning 
qiymati balansda real bahoda aks ettirilishi lozim.  
Shunday qilib, eng umumiy ko‘rinishda baholash iqtisodiy hodis-
alarni pul o‘lchovida ifodalash usulidir.  


 
 
146
Alohida hisob obyektlarining real bahosini noto‘g‘ri hisoblash nati-
jasida iqtisodiy hodisalar faktlari noto‘g‘ri sharhlanadi (interpretatsi-
yalanadi). Keyinchalik ularni umumlashtirish esa korxona boshqaruv 
xodimlari tomonidan noto‘g‘ri qarorlar qabul qilishga olib keladi.  
Shunday qilib, haqiqiy tannarx mulklar va majburiyatlarni baho-
lashning asosi bo‘lib hisoblanadi. Uning ko‘lami muayyan nomdagi 
mahsulot, bajarilgan ish yoki xizmat turini ishlab chiqarish hamda sotish 
xarajatlarining pulda ifodalanishini bildiradi. Tannarx shakllanishi ichki 
xo‘jalik hisob-kitobini tashkil etishga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.  
Mahsulot(ish, xizmat)larning sotish bahosi ularning tannarxiga 
bog‘liq holda shakllantiriladi. Natijada ishlab chiqarishning rentabelligi 
tannarxga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun menejerlar mahsulot (ish, 
xizmat)lar tannarxini boshqarishga doimiy e’tibor qaratishlari, baholash-
ning asosiy tamoyillari – reallik va birlik – hal qiluvchi ahamiyat kasb 
etadi.  
Baholashning boshqa usullari mulklar va majburiyatlarning tur-
lariga bog‘liq. Chunonchi asosiy vositalar ularni takror ishlab chiqarish 
dastlabki qiymati bilan birga qoldiq va tiklash qiymati bo‘yicha hisobga 
olinadi. Qoldiq qiymati hisobda asosiy vositalarning real bahosini, ya’ni 
dastlabki qiymatidan eskirish summasini chegirib tashlagan holda 
hisoblash uchun qo‘llaniladi. Tiklash qiymati hozirgi haqiqiy xarajat-
larni, ularning haqiqiy tannarxini tavsiflaydi. Asosiy vositalarning dast-
labki qiymatini tiklash qiymatiga o‘tkazish qayta baholash orqali amalga 
oshiriladi.  
Tovar-moddiy zaxiralar (xom ashyo, materiallar, sotib olingan 
yarim tayyor mahsulotlar va b.) qabul qilishda oldin qat’iy hisob 
baholari bo‘yicha: normativ yoki reja tannarxi hisobot oyi oxiriga ularni 
tayyorlashning haqiqiy tannarxini hisoblash sharti bilan hisobga olinadi. 
Tovar-moddiy zaxiralarni sarflashda quyidagi ikkita baholash usulidan 
bittasi qo‘llaniladi: 
1.  O‘rtacha haqiqiy tannarx bo‘yicha  
2.  FIFO usuli bo‘yicha 
Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqarish 
zaxiralarini baholashning quyidagi usullaridan ham foydalaniladi: 
1.  Keyingi partiyani kirimga olib, birinchisini sarflash (LIFO) 
usuli 
2.  Bazis usuli va boshqalar. 
 


 
 
147

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling