O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov


V BOB. BAHOLASH VA TA’MINOT JARAYONINI


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/345
Sana09.12.2021
Hajmi1.64 Mb.
#179465
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   345
Bog'liq
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari

V BOB. BAHOLASH VA TA’MINOT JARAYONINI 
HISOBGA OLISH 
 
5.1. Baholashning mohiyati, ahamiyati va tamoyillari 
 
O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi» qon-
unining 4-moddasiga muvofiq barcha asosiy va joriy aktivlar, majburi-
yatlar, xususiy kapital, daromadlar va xarajatlar hamda moliya-xo‘jalik 
faoliyatining boshqa tomonlari buxgalteriya hisobining obyektlari 
hisoblanadi. 
Ushbu hisob obyektlarini yagona o‘lchov – pul o‘lchoviga keltirish 
uchun ularni baholash ya’ni pulda ifodalash zarur. 
Baholash – bu hisob obyektlarini natural o‘lchovlardan pul 
o‘lchoviga o‘tkazish usulidir. Baholash tufayligina buxgalteriya hisobida 
har xil o‘lchovlarda ifodalangan hisob obyektlarini umumlashtirishga 
muvaffaq bo‘linadi. Masalan, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, in-
vestitsiyalar, Materiallar, chet el valutasi va hokazolar bitta umumlashti-
ruvchi o‘lchov – pul o‘lchovida ifodalanadi. 
Baholash yordamida xo‘jalik mablag‘lariga sarflangan va xo‘jalik 
jarayonlarida iste’mol qilingan, buyumlashgan va jonli mehnat xarajat-
larini haqqoniy aks ettirish ta’minlanadi. Shuning uchun buxgalteriya hi-
sobida xo‘jalik mablag‘larini baholashning negizini ularning haqiqiy 
tannarxini hisoblash tashkil etadi. Tannarx shakllanishi va ishlab 
chiqarishning alohida uchastkalaridagi boshqa qiymat o‘lchovlarining 
shakllanishi to‘g‘risida to‘laroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun baho-
lashning boshqa usullari ham qo‘llaniladi. Masalan, asosiy vositalar, 
nomoddiy aktivlar, ularni sotib olish, qurish va barpo qilish dastlabki qi-
ymati bo‘yicha hamda eskirishi chegirib tashlangan qoldiq, ya’ni sof qi-
ymati bo‘yicha baholanadi. Eskirish yoki amortizatsiya hisoblash asosiy 
vositalarning bahosini aniqlashtirish usuli hisoblanadi. Xom-ashyo va 
Materiallar, boshqa tovar-moddiy zaxiralari haqiqiy tannarxi bilan bir 
qatorda ulgurji narxlari, normativ tannarxi bo‘yicha; tayyor mahsulotlar-
ishlab chiqarish reja tannarxi va normativ tannarxi bo‘yicha baholanadi. 
Ish haqi hisoblash mohiyatiga ko‘ra mehnat o‘lchovini pul o‘lchoviga 
o‘tkazish usuli hisoblanadi. 


 
 
143
Xo‘jalik mablag‘larini baholash uchun haqiqiy tannarx faqat 
ta’minot, ishlab chiqarish va realizatsiya  jarayonlari bilan bog‘liq xara-
jatlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish natijasida olinishi mumkin. Hi-
sob-kitob asosida tannarxni aniqlash usuliga kalkulyatsiyalash deb ata-
ladi. Baholash va kalkulyatsiyalash buxgalteriya hisobi metodining 
asosiy usullaridan bo‘lib, ularsiz buxgalteriya hisobining muhim umum-
lashtiruvchi qiymat o‘lchovlari to‘g‘risidagi axborotlarni shakllantira-
digan tizim sifatidagi asosiy tavsifi ro‘yobga chiqmaydi. Yerkin 
iqtisodiyot sharoitida har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt aktivlari, 
passivlari, xo‘jalik jarayonlari va ularning natijalari o‘zlarining aniq 
ifodasini qiymat shaklida aks ettirishi lozim. Xarajatlar va ishlab 
chiqarish natijalari, soliq, bank va boshqa kredit muassasalari, korxo-
nalar hamda tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlar, xodimlar bilan 
hisob-kitoblar, xususiy kapital va kapital quyilmalarning harakati faqat 
qiymat shaklida aks ettirilishi mumkin va tegishli tarzda baholashni ta-
lab etadi. 
Demak, baholash va kalkulyatsiya korxona aktivlari, passivlari 
hamda xo‘jalik jarayonlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish tizimin-
ing ajralmas qismidir. Ta’minot jarayonini buxgalteriya hisobida aks et-
tirish Materiallarni tayyorlash tannarxini aniqlash bilan yakunlanib, ular 
ishlab chiqarishga shu tannarx bo‘yicha beriladi. Ishlab chiqarish jaray-
onini buxgalteriya hisobida aks ettirish natijasida tayyor mahsulot (ba-
jarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat)larning haqiqiy tannarxi aniqlanib, ular 
shu tannarx bo‘yicha sotiladi. Realizatsiya  jarayonini buxgalteriya hiso-
bida aks ettirish natijasida mahsulot(ish, xizmat)larning to‘la tannarxiga 
qo‘shilmaydigan realizatsiya  xarajatlari hamda realizatsiya ning moli-
yaviy natijasi aniqlanadi.  
Xo‘jalik mablag‘lari va ularning vujudga kelishi manbalari alohida 
elementlar bo‘yicha buxgalteriya hisobi schotlarida pul ifodasida aks et-
tiriladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobining asosiy 
obyektlariga quyidagilar kiradi: o‘z mablag‘lari, qarz mablag‘lar va 
ularning harakati; xo‘jalik jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan jonli va bu-
yumlashgan mehnat xarajatlari; xo‘jalik munosabatlari ya’ni mol yet-
kazib beruvchilar, pudratchilar, xaridorlar, davlat budjeti va shunga 
o‘xshashlar bilan bo‘ladigan hisob-kitob munosabatlari. Byudjetdan 
moliyalashtiriladigan subyektlarda ayrim o‘ziga xos hisob obyektlari 
mavjud. Bularga davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar; byudjetdan 
ajratilgan mablag‘lar hisobidan qilingan sarflar (tasdiqlangan smetalar 
bo‘yicha); pullik va hisob-kitob muomalalari misol bo‘ladi. 


 
 
144
Xo‘jalik faoliyatining tartibga solinishi talab va taklif ta’siri ostida 
kechadigan bozor iqtisodiyoti sharoitida mulklar va majburiyatlar 
haqqoniyligi va birligining asosiy tamoyillari ularni baholashning 
to‘g‘riligini belgilaydi.  
 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling