O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/345
Sana09.12.2021
Hajmi1.64 Mb.
#179465
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   345
Bog'liq
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari

Ta’minot jarayonida korxona mol yetkazib beruvchilardan asosiy 
vositalar, xom-ashyo, Materiallar, yoqilg‘ilar va mahsulot ishlab chiqar-
ish hamda ishlab chiqarish jarayonini ta’minlash uchun zarur bo‘ladigan 
boshqa buyumlarni sotib oladi. Bunday tovar-moddiy qiymatliklar hi-
sobda haqiqiy tannarxi bo‘yicha aks ettiriladi. Sotib olinadigan tovar-
moddiy boyliklarning haqiqiy tannarxi ikkita asosiy miqdor: ularning 
xarid narxi va transport-tayyorlov xarajatlaridan iborat. Xarid narxi – bu 
xaridor va mol yetkazib beruvchi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga mu-
vofiq mol yetkazib beruvchilar tomonidan to‘ldiriladigan tovar hamda 
hisob-kitob hujjatlarida (schot-faktura; to‘lov talabnomasi va boshqalar) 
ko‘rsatilgan qiymatdir. Erkin iqtisodiyot sharoitida tovar-moddiy 
zaxiralar talab va taklif darajasidan kelib chiqqan holda bozor narxlarida 
xarid qilinadi. 
Transport-tayyorlov xarajatlari tovar-moddiy zaxiralarini mol yet-
kazib beruvchilardan temir yo‘l, suv transporti yoki avtotransportda 
tashib keltirish, ularni yuklash va tushirish, tabiiy kamayish natijasida 
yo‘lda yo‘qolishi hamda ta’minot-savdo korxonalarining ustama xara-
jatlaridan tashkil topadi. Transport-tayyorlov xarajatlari sanoatning bir 
qancha tarmoqlarida tovar-moddiy qiymatliklarining sezilarli qismini 
tashkil etadi. Ularning miqdori yuklarni tashish masofasi, savdo-
ta’minot korxonalarining uzoqligi, transport vositalarining turlari va 
boshqa omillarga bog‘liq. №4-«Tovar-moddiy zaxiralar» nomli 
BHMSga muvofiq transport-tayyorlov xarajatlari sotib olingan tovar-
moddiy qiymatiga qo‘shiladi. 
Ta’minot jarayoni korxonaning ta’minot rejasi (grafigi) asosida 
amalga oshiriladi. Uning asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat: 
korxona tomonidan sotib olinadigan tovar-moddiy qiymatliklarning 
miqdori, muddati, turlari va hokazo. Shu munosabat bilan ta’minot 


 
 
148
jarayonini hisobga olishning asosiy vazifalari ta’minotning haqiqiy ha-
jmini va sotib olinadigan tovar-moddiy qiymatliklarning haqiqiy tan-
narxini aniqlashdan iborat. Buxgalteriya hisobining analitik va sintetik 
schotlari tizimida sotib olinadigan tovar-moddiy qiymatliklarining 
miqdori va turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllanib, ular ta’minot 
jarayonini miqdor va qiymat jihatidan nazorat qilishni ta’minlaydi. 
Shuningdek, buxgalteriya hisobi tizimidan korxonaning barcha turdagi 
tovar-moddiy qiymatliklarini sotib olish hajmi to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni ham olish mumkin. 
Tovar-moddiy qiymatliklarni hisobga olish uchun 1000-«Materi-
allarni hisobga oluvchi schotlar» (1010-«Xom-ashyo va Materiallar», 
1020-«Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar», 
1030-«Yoqilg‘ilar», 1040-«Ehtiyot qismlar», 1050-«Qurilish Material-
lari», 1060-«Idish va idish Materiallari» va boshqa schotlar) 
mo‘ljallangan. Tovar-moddiy qiymatliklarni sotib olish uchun tuzilgan 
shartnomaga muvofiq xaridor mol yetkazib beruvchiga ko‘rsatilgan 
summaning kamida 15%ini oldin to‘lov yo‘li bilan o‘tkazib berishi 
lozim. Buning uchun xaridor bankka to‘lov topshiriqnomasi (shartnoma 
va mol yetkazib beruvchi taqdim qilgan schot-fakturani ilova qilgan 
holda) taqdim etadi. So‘ngra mol yetkazib beruvchining yukni kuzatu-
vchi hujjatlariga muvofiq xaridor korxonada kirim hujjatlari rasmiy-
lashtirilib, omborga kirim qilinadi va xarid narxiga yuqorida qayd qilin-
gan schotlardan tegishlisi debetlanadi. Tovar-moddiy qiymatliklarga te-
gishli transport-tayyorlov xarajatlari ham ushbu schotlarga olib boriladi. 
Shunday qilib, tovar-moddiy qiymatliklarni hisobga oladigan schotlarn-
ing debet oboroti ta’minotning haqiqiy hajmini, ya’ni hisobot davri 
ichida haqiqatan olingan tovar-moddiy qiymatliklarning umumiy sum-
masini, ularning haqiqiy tannarxi bo‘yicha aks ettiradi. Ushbu schot-
larning kreditida esa, tovar-moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarx 
bo‘yicha sarflanishi ko‘rsatiladi. Ularning qoldiqlari faqat debet to-
monida bo‘lib, tovar-moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxi bo‘yicha 
omborda mavjudligini bildiradi. 
Ta’minot jarayonini boshqarish uchun tayyorlangan tovar-moddiy 
qiymatliklarning umumiy hajmi ko‘rsatkichidan tashqari keltirilgan 
Materiallarning har bir turi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham zarur. Bunday 
ma’lumotlar analitik schotlar yordamida olinadi. 
Analitik hisobda, qoidaga ko‘ra, tegishli material turining shart-
noma bahosi bo‘yicha qiymati ko‘rsatiladi. Tovar-moddiy qiymatlik-
larning harakatini aks ettiradigan dastlabki hujjatlarda faqat material-


 
 
149
larning shartnoma bahosi bo‘yicha qiymati ko‘rsatiladi. Transport-tayy-
orlov xarajatlari esa barcha Materiallarga taalluqli jami summasi bilan 
yoziladi. Ushbu xarajatlarning har bir Material turiga to‘g‘ri keladigan 
ulushi oy oxirida bir marta hisob-kitob yo‘li bilan aniqlanib, alohida 
material turlarining haqiqiy tannarxini aniqlash uchun, ularning shart-
noma baholari bo‘yicha qiymatiga qo‘shiladi. 
Korxonaning mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblari 4300-
«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklarni hi-
sobga oluvchi schotlar» (4310, 4320, 4330)va «Mol yetkazib beruvchilar 
va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar»da (6010, 6020) aks ettiriladi. 
4300-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklarni 
hisobga oluvchi schotlar» aktiv bo‘lib, ularning debetida tovar-moddiy 
qiymatliklar, uzoq muddatli aktivlarning yetkazib berilishi va ishlarning 
bajarilishi uchun o‘tkazilgan bo‘naklar aks ettiriladi. 6000-«Mol yet-
kazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» (6010, 6020) 
passiv bo‘lib, ularning kreditida korxonaning turli mol yetkazib beruvchi 
va pudratchilardan olingan tovar-moddiy qiymatliklar, bajarilgan ishlar, 
ko‘rsatilgan xizmatlar va boshqa aktivlar uchun joriy qarzlari aks ettiri-
ladi. Bu schotlarning debetida to‘langan to‘lov hujjatlarining summalari, 
ya’ni mol yetkazib beruvchilarga to‘lanishi lozim bo‘lgan qarzlarning 
kamayishi ko‘rsatiladi. 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va 
pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» (6010, 6020) schotining kredit 
qoldig‘i mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanishi lozim 
bo‘lgan qarzlarning joriy qismini bildiradi. 
Ta’minot jarayoniga oid xo‘jalik muomalalarini hisobda aks etti-
rishga doir misollarni ko‘rib chiqamiz. Faraz qilaylik, korxonada 1 aprel 
2011 yil holatiga Materiallarni hisobga oluvchi schotlarning  qoldiqlari 
quyidagicha: 
1010-«Xom ashyo va Materiallar» schoti100000 so‘m. 
shu jumladan:  
Materiallarning jami summasidan, so‘m hisobida: 
 «A»Material (3000 kg x 20 so‘m) 60000 so‘m. 
 «B»Material (1000 kg x 40 so‘m) 40000 so‘m. 
 Jami : 100000 so‘m. 
5110-«Hisob-kitob schoti»90000 so‘m. 
6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga 
to‘lanadigan schotlar»12000 so‘m. 
Mol yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq 
korxonaga 61200 so‘mlik schot taqdim qilingan. Jumladan: 


 
 
150
«A» Material – 20000 so‘m (1000 kg x 20 so‘m) 
«B» Material – 40000 so‘m (1000 kg x 40 so‘m). 
Jami 60000 so‘m 
Materiallarni temir yo‘l orqali tashib keltirish  
qiymati korxona hisobidan qoplanadi 1200 so‘m 
 H a m m a s i: 61200 so‘m 
Mazkur korxonada aprel oyi davomida quyidagi ta’minot jaray-
oniga oid muomalalar sodir bo‘lgan. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling