23
mablag‘larining qanday maqsadlarga mo‘ljallanganligini
aniqlash
imkonini beradi.
Shunday qilib, eng umumiy ko‘rinishda buxgalteriya hisobi
predmetining mazmuni
hisob obyektlarining iqtisodiy mohiyati orqali
ochib beriladi (1.7-rasm).
1.7-rasm. Buxgalteriya hisobining obyektlari
Xo‘jalik mablag‘larining tarkibi
korxonalar faoliyatining
yo‘nalishiga bog‘liq (sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo va h.k.).
Xo‘jalik yurituvchi subyekt aktivlari (mablag‘lari) mohiyati, tarkibi
va joylanishiga ko‘ra ikkita guruhga bo‘linadi.
I. Uzoq muddatli aktivlar.
II. Joriy aktivlar.
Quyidagi mezonlarga javob beradigan
moddiy aktivlar asosiy
vositalar tarkibiga kiritiladi:
a) xizmat muddati 1 yildan oshiq;
b) bitta birligi (komplekti) ning qiymati O‘zbekiston Respub-
likasida belgilangan eng kam ish haqining 50 barobaridan oshiq bo‘lgan
(sotib olish vaqtida) predmetlar.
Asosiy
vositalarga yer, yerni obodonlashtirsh, binolar, inshootlar,
uzatish
moslamalari, mebel va ofis jihozlari, kompyuter jihozlari va
hisoblash
texnikasi transport vositalari, ishchi va mahsuldor hayvonlar
va hokazo shunga o‘xshashlar kiradi.
Asosiy vositalarni hisobga olish uslublari №5-«Asosiy vositalar»
nomli BHMSda keltirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya
Vazirligida 2004 yil 20 yanvarda 1299-raqam bilan ro‘yxatga olingan).
Uzoq muddatli
aktivlarga asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, uzoq
muddatli investitsiyalar, o‘rnatiladigan
asbob-uskunalar, kapital quyil-
malar va uzoq muddatli debitor qarzlari hamda kechiktirilgan xarajatlar
Buxgalteriya hisobining
obyektlari
A.
Do'stlaringiz bilan baham: