O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov


«QISHLOQ XO‘JALIGIDA BUXGALTERIYA HISOBI VA


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet270/345
Sana09.12.2021
Hajmi1.64 Mb.
#179465
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   345
Bog'liq
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari

«QISHLOQ XO‘JALIGIDA BUXGALTERIYA HISOBI VA 
STATISTIKA ASOSLARI» FANIDAN IZOHLI LUG‘AT 
(GLOSSARIY) 
 
Aylanma qaydnomalar — buxgalteriya hisobi schotlarining hisob 
registrlari ma’lumotlarini umumlashtirish usuli. Aylanma qaydnomalar 
schotlarning oy boshiga va oxiriga qolgan qoldig‘i hamda oy bo‘yicha 
aylanma ma’lumotlariga asosan oy oxirida tuziladi. Aylanma qayd-
nomalar sintetik va analitik schotlar bo‘yicha tuzilishi mumkin.  
Aktiv — ma’lum bir sanaga pul ko‘rsatkichida korxonaning mab-
lag‘lari, ularning tarkibi va joylashishini aks ettiruvchi buxgalteriya 
balansining qismi. Buxgalteriya balansi aktivdan tashqari passivga ham 
ega. Aktiv va passiv bo‘lim va moddalardan iborat. Balans aktiv to-
monining jami passiv tomonining jamiga teng bo‘lishi kyerak. Aktiv 
faol degan ma’noni ham anglatadi. 
Aktiv schotlar — korxona mablag‘larini hisobga oladigan bux-
galteriya hisobi schotlari. Ular mavjud mablag‘lar, ularning tarkibi va 
joylashishi to‘g‘risidagi ko‘rsatkichlarni beradi. Aktiv schotlarda mab-
lag‘larning ko‘payishi debetda, kamayishi kreditda aks ettiriladi. 
Qoldig‘i faqat debetda bo‘lib, balansning aktivida ko‘rsatiladi. Quyidagi 
schotlar aktiv schotlar hisoblanadi: bino, inshootlar, mashinalar, asbob-
uskunalar va boshqa asosiy vositalarni (1000-schotlar) hisobga oladigan 
schotlar; pul mablag‘larini hisobga oladigan schotlar; tovar-moddiy qi-
ymatliklarni hisobga oladigan schotlar; xarajatlarni hisobga oladigan 
schotlar. 
Aksept — ma’lum shart bo‘yicha shartnoma tuzishga rozilik ber-
ish. Naqd pulsiz hisob-kitoblarda aksept mol oluvchining mol yuboru-
vchi schotini to‘lashga roziligidir. Aksept oldindan va keyinchalik 
qilinishi mumkin. Oldindan akseptda bankka schot kelib tushgan kundan 
keyin mol oluvchi uch ish kuni ichida aksept qilmaslik to‘g‘risida 
bankka arz qilmasa, mol yuboruvchining schoti akseptlangan hisobla-
nadi. Basharti mol oluvchi bankdan uzoqda joylashgan bo‘lsa, shuning-
dek yo‘l va aloqa yomon bo‘lsa, bank boshlig‘ining ruxsati bilan aksept 
muddati uzaytirilishi mumkin.  
Amortizatsiya  — obyektning asta-sekin eskirishi va uning qiy-
matini ishlab chiqarilayotgan mahsulot yoki foydalanilishiga qarab 
boshqa xarajatlarga o‘tkazish. Boshqa ma’noda amortizatsiya bu: mulk 
qiymatining kamayishi; har zamonda to‘lash yo‘li bilan qarzning asta-


 
 
351
sekin kamayishi; avtomobil harakati, samolyotlarni qo‘ndirishdagi 
silkinishlarni so‘ndirish va h.k. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling