O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet278/345
Sana09.12.2021
Hajmi1.64 Mb.
#179465
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   345
Bog'liq
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari

Boshqa daromadlar  
— tovar (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va realizatsiya  qilish 
bilan bog‘liq bo‘lmagan operatsiyalardan olinadigan daromadlar.  
Buxgalter  
– buxgalteriya hisobi bo‘yicha mutaxassis. «Buxgalter» termini XV 
asrda paydo bo‘lgan. Birinchi bo‘lib buxgalter lavozimini Insburk 
schotlar palatasi ish yurituvchisi Xrestofor Shtexyer olgan. Vena davlat 
muzeyida Maksimilianning 1498 yil 13 fevralda chiqargan buyrug‘i 
saqlangan. 
Nafaqat Germaniyada XV asrda, balki Amir Temur davrida ham 
hisob daftarlarini yurituvchi shaxslar yozuvchilar (kotiblar) bo‘lgan. 
«Saltanatning har bir idorasida, — deb yozadi Amir Temur XIV 
asrning oxirida, — bo‘ladigan kirim-chiqimlarni, kundalik xarajatlarni 
yozib borish uchun bir kotib tayinlansin» («Temur tuzuklari». — 
Toshkent, 2005, 105-bet). 
1498 yildan boshlab «buxgalter», «buxgalteriya» degan tyerminlar 
eski nomlarni asta-sekin siqib chiqarib, hamma joyga tarqala boshladi. 


 
 
355
Bu terminlar Rossiyada 1732 yildan qo‘llana boshladi. 1732 yil 11 
sentabrda Kommers-Kollegiyaning buyrug‘i bilan Petyerburg boj 
xonasiga birinchi buxgalter etib gollandiyalik savdogar Timmyerman 
tayinlangan. Hozirgi vaqtda buxgalter ma’lum huquq, burch va 
majburiyatlarga ega bo‘lgan xizmatchi hisoblanadi. Unga xo‘jalik jaray-
oni hisobi va hisobotini yuritish, tahlil qilish hamda boshqaruv qaror-
larini qabul qilishda korxona (tashkilot, muassasa) rahbarlarini zarur ax-
borot bilan ta’minlash vazifasi yuklatilgan. 
Bajarayotgan ishlari va egallagan lavozimiga qarab katta buxgalter 
va bosh buxgalter bo‘lishi mumkin. Katta buxgalter buxgalteriyaning 
bo‘limi (guruh)ni boshqaradi. Bosh buxgalter buxgalteriyani boshqaradi. 
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida buxgalterning roli ancha 
oshdi. Xozirgi vaqtda buxgalterdan nafaqat buxgalteriya hisobini, balki 
ishlab chiqarishning biznes-rejalarini tuzish, moliyaviy va boshqaruv 
tahlillarini, shuningdek, boshqa sohalarni chuqur bilish hamda 
rahbariyat to‘g‘ri boshqaruv qarorlarini qabul qilishida faol qatnashish 
talab qilinadi. O‘zbekistonda hozirgi zamon talablariga to‘liq javob 
beradigan buxgalterlar tayyorlashga katta e’tibor berilmoqda, 
buxgalterlar oliy o‘quv yurtlarida, ko‘plab tashkil etilgan kollej va 
akademik litseylarda tayyorlanmoqda. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling