359
masi mazkur oyning ish kuni miqdoriga bo‘linadi va olingan natija
(o‘rtacha kunlik ish haqi) haqiqiy ishlagan kun miqdoriga ko‘paytiriladi.
Davlat va boshqa jamoat ishlarini
bajargan kunlari uchun haq
umumiy tartibda to‘lanadi. Vaqtbay ish haqi bo‘yicha xodimlarning
ishlagan vaqti hisobi tabelda yuritiladi.
Qaydnoma
— dastlabki hujjat yoki hisob registri. Qaydnoma yig‘ma
hujjat
bo‘lishi mumkin. Buxgalteriya hisobining barcha shakllarida
qo‘llaniladi. Hujjatlar va hisob registrlarining ro‘yxatida
ularning nomi
ko‘p uchraydi. Muomalalar amalga oshirilgan vaqtda tuzilgan qayd-
nomalar dastlabki hujjat bo‘lib xizmat qiladi. Yig‘ma
qaydnomalar turli
dastlabki hujjatlarga asosan tuziladi. Ularda dastlabki hujjatlarning
ma’lumotlari umumlashtirilganligi keyinchalik
hisob registrlarida aks
ettirishni osonlashtiradi. Hisob registri sifatida qaydnomalar hisobning
jurnal-order shaklida ko‘p qo‘llaniladi. Buxgalteriya hisobida jamg‘arma
qaydnomalar,
taqqoslovchi qaydnomalar, hisoblash-to‘lov qaydnomalari
va b. qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: