358
Buxgalteriya hisobi subyektlari
—davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, O‘zRda ro‘yxatga
olingan
yuridik shaxslar, ularning O‘zR hududida hamda undan tash-
qarida joylashgan sho‘ba
korxonalari, filiallari,
vakolatxonalari va
boshqa tarkibiy bo‘linmalari.
Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan
shug‘ullanuvchi shaxslar qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan tartibda
buxgalteriya hisobini yuritadi va buxgalteriya (moliya) hisobotini
taqdim etadi.
Bo‘nak
— kelajaqdagi xarajatlar va to‘lovlar
hisobidan berilgan pul mab-
lag‘lari. Bo‘nak O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan
tasdiqlangan kassa muomalalarini yuritish qoidalariga asosan qat’iy bel-
gilangan maqsad uchun beriladi. Xizmat safarlari
uchun naqd pul safar
joyiga borish va qaytib kelish qiymatini to‘lash, sutkalik xarajatlar va
turar joyni ijaraga olish xarajatlari miqdorida beriladi.
Valyuta
— mazkur mamlakatning pul tizimi va pul birligi (so‘m, rubl, dol-
lar, evro va h.k.), xorijiy kredit biletlari
va tangalar ham valyuta
deyiladi.
Valyuta kursi
— turli mamlakatlar pul birliklarining o‘zaro munosabati, ya’ni bir
mamlakat pul birligi bahosining boshqa mamlakat pul birligidagi (yoki
xalqaro pul birligidagi) ifodasi valyuta kursi deyiladi Xalqaro iqtisodiy
operatsiyalar milliy valyutalarning ayirboshlanishi bilan bog‘liq. Bu
ayirboshlash valyutalar kursini belgilashni taqozo etadi. Valyuta
kursi
pul birliklarini ayirboshlash nisbatini belgilaydi.
Valyuta kurslari talab va taklif mexanizmi orqali valyuta bozorida
valyutalarning kundalik oborotini solishtirish jarayonida vujudga keladi.
Pul birligining bahosi pulning xarid qobiliyati asosida shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: