Buxgalteriya hisobining schotlar rejasi
— buxgalteriya hisobi schotlarining tizimiga keltirilgan ro‘yxati
2004 yil 1 yanvardan e’tiboran 21-son BHMS «Xo‘jalik yurituvchi
subyektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schotlar
rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha io‘riqnoma» bo‘yicha yangi schotlar re-
jasi qo‘llanila boshladi. Schotlar rejasi moliyaviy hisobot elementlari:
aktivlar, majburiyatlar, kapital, daromadlar va xarajatlarga muvofiq, gu-
ruhlangan schotlar yig‘indisini aks ettiradi.
Schotlar rejasi buxgalteriya hisobini tashkil etishning asosi bo‘lib
hisoblanadi. U 6 ta qism va 9 ta bo‘limdan iborat bo‘lib, tayinlanishi,
tuzilishi va iqtisodiy mazmuni bo‘yicha bir xil bo‘lgan schotlarni o‘z
ichiga oladi. Har bir schotning nomidan tashqari nomeri (shifr) ham bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |