Inventarizatsiya
— natura shaklidagi mavjud mablag‘lar haqiqiysining buxgalteriya
hisobi ma’lumotlariga to‘g‘ri kelishini, majburiyatlar hisobda to‘g‘ri aks
ettirilishini tekshirish usuli. U buxgalteriya hisobi ko‘rsatkichlari is-
honchliligini va korxona mulki butligini ta’minlaydi.
Inventar kartochkalar
— asosiy vositalarni obyektlar bo‘yicha hisobga olish uchun tay-
inlangan namunali shakldagi hisob registrlari. Inventar kartochkalar
asosiy vositalar xo‘jalikka tushgan vaqtda har bir obyektga to‘ldiriladi.
Bir xildagi obyektlar guruhiga bitta inventar kartochka ochishga ruxsat
etiladi. Kartochkada inventar obyekti to‘g‘risidagi barcha zaruriy
ma’lumotlar ko‘rsatiladi: uning nomi, inventar nomeri, amortizatsiya
normasi, rekonstruksiya, modernizatsiya, kapital ta’mirlash, xo‘jalik
ichidagi bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirishlar va obyektning
tugatilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |