Debitorlik qarzi
— to‘lovlar bo‘yicha mazkur korxonaning boshqa korxonalar
(muassasa, tashkilot) yoki ayrim shaxslardan oladigan qarzi. Bu korxona
va shaxslar debitorlar deyiladi. Debitorlik qarzi mablag‘lari korxonaning
xo‘jalik aylanmasida qatnashmaydi, shuning uchun uning moliyaviy
holatiga salbiy ta’sir etadi. Buxgalteriya debitorlik qarzlarini yo‘qotish
choralarini ko‘rishi kyerak. Debitorlik qarzlarini undirib olish muddati
bo‘ladi. Bu muddat o‘tgach quyidagi provodka bilan zararga o‘tkaziladi:
D-t 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar», K-t debitorlik qarzlarini hi-
sobga oluvchi schotlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |