O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet277/345
Sana09.12.2021
Hajmi1.64 Mb.
#179465
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   345
Bog'liq
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari

Balansning bo‘limi 
— buxgalteriya balansining aktiv va passividagi bir xillik, mod-
dalar guruhi. Balansning aktivida ham, passivida ham ikkitadan bo‘lim 
mavjud: 
aktivida: birinchi bo‘lim — uzoq muddatli aktivlar; ikkinchi bo‘lim 
— joriy aktivlar; 
passivida: birinchi bo‘lim— o‘z mablag‘lari manbalari; ikkinchi 
bo‘lim— majburiyatlar. 
Bankdagi hisob-kitob schoti 
— xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘larini saqlash va 
naqd pulsiz hisoblashishlarni olib borish uchun tayinlangan bank 
muassasalaridagi schot. O‘zR VM «Bank tizimini isloh qilish chora-
tadbirlari to‘g‘risida» 1999 yil 15 yanvarda chiqargan qarorga binoan 
yuridik shaxslarga 2000 yil 1 iyundan boshlab soliq to‘lash joyidagi 
soliq organini xabardor qilgan holda bir nechta banqda schotlar ochish 
huquqi berildi. Talab qilib olgungacha bo‘lgan so‘mdagi depozit 
schotlarini ochish uchun yuridik shaxs — rezidentlar quyidagi 
hujjatlarni topshiradi: schot ochish uchun ariza; statistika organlari 
tomonidan davlat ro‘yxatiga kiritilganligi to‘g‘risidagi notariusda 
tasdiqlangan guvohnomaning ko‘chirmasi; yuqori organ yoki ta’sischilar 
majlisida tasdiqlangan ustav yoki nizomdan notariusda tasdiqlangan 
ko‘chirma; davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risida hujjat; soliq 
organida ro‘yxatdan o‘tganligi va soliq to‘lovchini identifikatsiyalash 
raqami berilganligi to‘g‘risida notariusda tasdiqlangan guvohnoma 
ko‘chirmasi yoki shaxs soliq to‘lovchi subyekt emasligi to‘g‘risida 
ma’lumot; korxona rahbari va bosh buxgalterining imzo namunalari va 
muhrning izi tushirilgan kartochka. 
Bank kreditlari  
— xo‘jalik yurituvchi subyektlar va ayrim jismoniy shaxslarning 
qarzga oladigan mablag‘larining muhim manbai. Banklar vaqtincha 
bo‘sh turgan mablag‘lardan foydalanib, xo‘jalik yurituvchi subyekt va 
aholining iste’mol ehtiyojlari uchun ana shu mablag‘larni qarzni 
qaytarib olish tartibida ishga soladi. Banklar amaldagi qonunchilikda 
nazarda tutilgan va tomonlar bilan kelishilgan holda kreditni qaytarib 


 
 
354
berish, muddatlilik, to‘lovga qobillik va ta’minlanganlik prinsiplariga 
qat’iy amal qilib beradi. Bank kreditlarini olish bilan bog‘liq bo‘lgan 
muomalalar hisobi 6810 «Qisqa muddatli bank kreditlari» va 7810 
«Uzoq muddatli bank kreditlari» schotlarida aks ettiriladi. 
Baho 
— tovar qiymatining puldagi ifodasi. Baho asosida tovarning qiy-
mati, ya’ni uni ishlab chiqarishga sarflangan ijtimoiy zaruriy xarajatlar 
yotadi. Lekin bu alohida olingan tovarning bahosi albatta uning qiy-
matiga teng bo‘lishi kyerak degan ma’noni bildirmaydi. Baho qiymatdan 
farqlanishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida baho mazkur tovarga 
bo‘lgan talab va taklifga bog‘liq. Bahoning qiymat atrofida tebranib tur-
ishi qiymat qonunining bir ko‘rinishi bo‘lib hisoblanadi. Narxlarning da-
rajasi normal ishlayotgan har bir korxonaning ishlab chiqarish yoki 
muomala xarajatlarini qoplashini va sof foyda olishini ta’minlashi 
kyerak. Ishlab chiqarish hajmi, foyda va samaradorlik hozirgi vaqtda 
korxona faoliyatini ta’riflaydigan asosiy ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib 
hisoblanadi. 
Bosh jurnal  
— buxgalteriya hisobining eskirgan shakli. U hisobning memorial-
order shaklidagi varianti bo‘lib hisoblanadi. «Bosh daftar» deb nomlan-
gan yagona hisob registrida bosh daftar va registratsiya  jurnal bir-
lashtirilgan. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling