O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov


Asosiy vositalarning balans qiymati


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet273/345
Sana09.12.2021
Hajmi1.64 Mb.
#179465
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   345
Bog'liq
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari

Asosiy vositalarning balans qiymati  
— buxgalteriya balansida aks ettiriladigan asosiy vositalar (fond-
lar)ning qiymati. Asosiy vosytalarning balans qiymati — bu fondlarni 
qaytadan baholash ma’lumotlari bo‘yicha ularning qiymati yoki qayta-
dan baholanmagan obyektlarning dastlabki qiymati.  
Asosiy vositalarning eskirishi  
— ishlab chiqarish jarayonida eskirishi (jismoniy eskirishi) yoki 
mehnat unumdorligi o‘sgan sharoitlarda mashinalarning texnik eskirishi 
va ularni ishlab chiqarish qiymatining pasayishi (ma’naviy eskirishi) 
natijasida asosiy vositalar dastlabki qiymatining kamayishi. Buxgal-
teriya hisobida har oyda amortizatsiya hisoblash bilan bir vaqtda asosiy 
vositalarning eskirishi ham aks ettiriladi. Asosiy vositalarning eskirishini 
hisobga olish uchun 0200 «Asosiy vositalarning eskirishini hisobga olu-
vchi schotlar» tayinlangan. Har oyda hisoblangan eskirish summasiga 
asosiy vosita obyektlari qaysi sohada xizmat qilayotgan bo‘lsa, shu soha 
xarajatlarini hisobga oluvchi schotlar debetlanib, 0200-schotlar kreditla-
nadi. Korxona mulki bo‘lgan asosiy vositalarni tugatish, sotish, tekinga 


 
 
352
berish, ustav kapitaliga ulush sifatida berish, uzoq muddatli ijaraga ber-
ish, kamomad yoki buzilishi natijasida hisobdan chiqarishda ularga 
hisoblangan eskirish summasi tegishli asosiy vositalarning eskirishini 
hisobga oluvchi schotlarning (0200) debetidan 9210 «Asosiy vosita-
larning chiqib ketishi» schotining kreditiga hisobdan chiqariladi. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling