Buxgalteriya balansi
— xo‘jalik mablag‘lari, ularning tarkibi, joylashgan joylari va
ularning vujudga kelish manbalarini ma’lum bir sanaga pulda ifodalab
turadigan jadval. Balans ikki tomonlama jadval bo‘lib uning chap to-
moni aktiv, o‘ng tomoni passiv deb nomlanadi. Balansning aktivida
xo‘jalik mablag‘lari, joylashgan joylari va tarkibi ko‘rsatilsa, passivida
ushbu xo‘jalik mablag‘larining manbai aks ettiriladi. Aktiv va pas-
sivning har bir unsuri (elementi), mablag‘lar turi yoki ularning manbai
balans moddasi deb ataladi. Uning aktivida ham, passivida ham balans
moddalari ikki bo‘limga bo‘lib ko‘rsatiladi.
Aktivda: I bo‘lim. Uzoq muddatli aktivlar. II bo‘lim Joriy aktivlar.
Passivda: I bo‘lim. O‘z mablag‘larining manbalari. II bo‘lim. Ma-
jburiyatlar. Balansning aktiv tomonining jami uning passiv tomoni
jamiga teng bo‘lishi kyerak
Do'stlaringiz bilan baham: |