Kapital qo‘yilmalar
— natijada asosiy vositalarni ko‘paytiradigan xarajatlar. Ular bino
va inshootlarni qurishga, mashina, asbob-uskuna va inventarlarni sotib
olishga, bog‘lar tashkil qilish va h.k.larga yo‘naltiriladi. Korxonalarda
kapital quyilmalar tasdiqlangan titul ro‘yxati va loyiha-smeta hujjatlari
bo‘lsagina amalga oshirilishi mumkin. Kapital quyilmalar ularning
yo‘nalishi, rejalashtirish tartibi, kapital ishlar turlari, qurilish
obyektlarining qiymati, qurilish ishlarini olib borish usullari bo‘yicha
guruhlanadi. Yo‘nalishi bo‘yicha ishlab chiqarish obyektlari turar joy,
maktab, shifoxona va h.k.larga bo‘linadi. Rejalashtirish tartibiga qarab
kapital quyilmalar davlat rejasida nazarda tutilgan va davlat rejasida
nazarda tutilmagan quyilmalarga bo‘linadi. Davlat rejasida nazarda
tutilmagan kapital quyilmalar korxonaning o‘z mablag‘lari hisobidan
amalga oshiriladi.
365
Do'stlaringiz bilan baham: |