Kassa orderlari — kassaga qabul qilinayotgan pullarning qonuni-
yligi va ular maqsadli tayinlanishi bo‘yicha sarflanishini tasdiqlovchi
hujjatlar.
Kassir hisoboti — buxgalteriyaga korxona (muassasa, tashkilot)
ning kassiri tomonidan topshiriladigan hisobot. U kassa daftarining yir-
tib olinadigan varag‘i bo‘lib, unga kirim, chiqim kassa orderlari ilova
qilinadi. Kassir hisobotni buxgalteriyaga har kuni yoki belgilangan
muddatlarda topshiradi. Buxgaltyer hisobotni tekshirib, u qabul qilin-
ganligi to‘g‘risida kassa daftariga imzo qo‘yadi. Kassa muomalalari
buxgalteriya hisobi uchun kassaing hisoboti asos bo‘lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |