O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet302/345
Sana09.12.2021
Hajmi1.64 Mb.
#179465
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   345
Bog'liq
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari

Memorial-order  
— buxgalteriya provodkasi aks ettiriladigan hujjat. Unda orderning 
nomyeri, oy, yil, yozuvning mazmuni, summa, debetlanuvchi va kredit-
lanuvchi schotlarning nomi (schotlar korrespondensiyasi) ko‘rsatiladi. 
Memorial-orderlar maxsus blanklarda tuziladi va bosh (katta) buxgalter 
yoki uning yordamchisi tomonidan imzolanadi. Unga isbotlovchi hu-
jjatlar ilova qilinadi. Har bir memorial-orderga tartib nomyeri quyiladi. 
Har oyda tuziladigan memorial-orderlar soni yo‘riqnoma bilan belgi-
lanmaydi. Bu masalani bosh buxgalter hal qiladi. Lekin bir xil 
muomalalar bo‘yicha tuzilgan memorial-orderlar barcha oylarda ham bir 
xil nomerga ega bo‘lishi kerak. Masalan, g‘azna muomalalarini aks 
ettiruvchi memorial-order nomeri barcha oylarda bir bo‘lishi kerak, 
hisob-kitob (joriy) schot muomalalarini aks ettiruvchi memorial-order-
larning nomeri ikki bo‘lishi kerak va h.k. Bu kerakli hujjatlarni qidirib 
topish va turli ma’lumotlarni olishni osonlashtiradi. Hisobning me-
morial-order shaklida memorial-orderlar ro‘yxatga olish jurnalida regis-
tratsiya  qilinadi va ularga ilova qilingan hujjatlar bilan birga schotlar 
bo‘yicha bosh daftarga yozish uchun asos bo‘ladi. 
Mehnat haqi  
— mehnat shartnomalariga yoki ishlar bajarish va xizmatlar 
ko‘rsatish predmeti bo‘lgan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarga 
muvofiq jismoniy shaxslarga hisoblanadigan va to‘lanadigan barcha 
to‘lovlar mehnat haqi deb e’tirof etiladi. Mehnat haqiga rag‘batlantirish 
xususiyatiga ega bo‘lgan to‘lovlar, kom-pensatsiya to‘lovlari va ishlan-
magan vaqt uchun haq to‘lashlar ham kiradi. 
Milliy valyuta  
— mamlakatning pul birligi. Milliy valyuta tizimi milliy valyutaga 
asoslanadi. Milliy valyuta naqd pul (banknot va tangalar) shaklida va 
naqd pulsiz (bank schotlaridagi qoldiq) shaklida bo‘ladi. Naqs pul shak-


 
 
367
lidagi valuta 5010 «Milliy valyutadagi pul mablag‘lari» schotida hisobga 
olinadi. Milliy valyutaning emitenti bo‘lib Markaziy bank hisoblanadi. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling