O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov
2.5. Ikki yoqlama yozuvning mohiyati va
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari
51 2.5. Ikki yoqlama yozuvning mohiyati va ahamiyati Buxgalteriya hisobi schotlarida xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalari, shuningdek xo‘jalik jarayonlarining to‘g‘ri hi- sobga olib borilishini o‘z vaqtida nazorat qilish uchun, ularning o‘zgarishini aks ettiradigan har bir xo‘jalik muomalasi bir vaqtda ikkita schotning qarama - qarshi tomoniga yoziladi. Buxgalteriya hisobida ikki yoqlama yozuvning mohiyati shundaki, har bir xo‘jalik muomalasi, u qanday turdagi balans o‘zgarishiga olib kelishidan qat’iy nazar, bir vaqtda va o‘zaro aloqador holda, bir xil summada bir schotning debet tomonida va ikkinchi schotning kredit to- monida aks ettiriladi. Xo‘jalik muomalalarini schotlarda ikki yoqlama aks ettirishda qi- ymat miqdori o‘zgarmaganligi sababli o‘zaro bog‘lanadigan schotlarn- ing debet va kreditiga tegishli summalar bir-biriga teng bo‘ladilar. Ma- salan, asosiy ishlab chiqarishga Material sarflanishi natijasida ombor- dagi materiallar kamayadi va asosiy ishlab chiqarish xarajatlari ko‘payadi. Bu xo‘jalik muomalasi hisobning ikki obyektida aks etayot- gani uchun u ikkita, ya’ni «Xom-ashyo va Materiallar» schoti va «Asosiy ishlab chiqarish» schotiga yozilishi kerak. Misol: Xo‘jalikda paxta etishtirish uchun 21000 so‘mlik minyeral o‘g‘it sarflandi. Bu xo‘jalik muomalasi natijasida «Asosiy ishlab chiqarish» schoti 21000 so‘mga ko‘payadi. Aktiv schotlarning ko‘payishi debet tomonida ko‘rsatilishi sababli bu summani «Asosiy ishlab chiqarish schoti»ning debet tomoniga yozamiz. Bir vaqtning o‘zida xo‘jalikda «Xom-ashyo va Materiallar» schotida hisobga olinadigan mineral o‘g‘itlar miqdori kamayadi. Ma’lumki, aktiv schotlar bo‘yicha kamayish kredit tomonidan ko‘rsatiladi. Shuning uchun ushbu muomala summasi «Xom-ashyo va Materiallar» schotining kreditiga yoziladi. Mazkur muomala schotlarda quyidagicha aks ettiriladi: Debet «Asosiy ishlab chiqarish» schoti 21000 so‘m. Kredit «Xom-ashyo va Materiallar» schoti 21000 so‘m. Yuqoridagi muomalani schotlarga quyidagicha yozamiz: 52 «Xom-ashyo va Materiallar» «Asosiy ishlab chiqarish» schoti schoti Dt Kt Dt Kt Saldo Saldo 1) 21000 1) 21000 Yuqoridagi misoldan ko‘rinib turibdiki, sodir bo‘lgan xo‘jalik muomalasini schotlarda ikki yoqlama aks ettirganimizda summalar tengligi o‘zgarmagan. Bu tenglik xo‘jalik muomalalarini schotlarga yozishning to‘g‘riligini nazorat qilishni ta’minlaydi. Uni quyidagi teng- liklar qonuniyatining matematik modellari bilan ifodalash mumkin: bar- cha aktiv va passiv sintetik schotlar bo‘yicha boshlang‘ich qoldiqlar (saldolar) summasining tengligi; barcha aktiv va passiv sintetik schotlar bo‘yicha debet va kredit oborotlarining tengligi; barcha aktiv va passiv sintetik schotlar bo‘yicha oxirgi qoldiqlar (saldo) summasining tengligi. Agar sintetik schotning boshlang‘ich debet qoldig‘i (saldo) S' dt deb, sintetik schotning boshlang‘ich kredit qoldig‘ini S' kt deb belgilasak, unda boshlang‘ich qoldiqlar (saldo) tengligi qonuniyatining matematik modeli quyidagicha bo‘ladi: ΣS' dt = ΣS' kt , (5) Ushbu model barcha sintetik schotlarning ma’lum sanaga bo‘lgan boshlang‘ich debet qoldiqlarining summasi passiv sintetik schotlarning shu sanaga bo‘lgan boshlang‘ich kredit qoldiqlari (saldo) summasiga teng deb o‘qiladi. Barcha sintetik schotlar bo‘yicha debet va kredit oborotlari tengligi qonuniyatining matematik modeli quyidagicha bo‘ladi: ΣDO dt = ΣKO kt , (6) DO dt – sintetik schotlarning ma’lum muddat ichidagi debet oboroti; KO kt – sintetik schotlarning ma’lum davr ichidagi kredit oboroti. Ushbu model ma’lum davr ichida barcha sintetik schotlar debet oborotlarining summasi, shu davr ichidagi kredit oborotlari summasi bilan teng deb o‘qiladi. 53 Endi sintetik schotlarning oxirgi qoldiqlarini (saldo) S'' – deb belgi- lab, barcha aktiv va passiv sintetik schotlar bo‘yicha oxirgi qoldiq (saldo) summalari tengligi qonuniyatining matematik modelini tuzamiz: ΣS'' dt = ΣS'' kt , (7) Ushbu model barcha aktiv sintetik schotlarning ma’lum sanaga oxirgi debet qoldiqlarining summasi, barcha passiv sintetik schotlarning shu sanaga bo‘lgan oxirgi kredit qoldiqlari summasiga teng deb o‘qiladi. Bayon qilinganlarga asoslanib, ikki yoqlama yozuv usulining aha- miyatini quyidagicha tasvirlaymiz (2.3-rasm): Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling