O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/345
Sana09.12.2021
Hajmi1.64 Mb.
#179465
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   345
Bog'liq
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari

 
Passiv schot chizmasi 
  
Debet  
 
 
 
 
 
 
 
Kredit 
Boshlang‘ich qoldiq 
Kamayish (-) 
Ko‘payish (+) 
Oborot  
Oborot  
 Oxirgi 
qoldiq 
 
Aktiv va passiv schotlarda debet (schotning chap tomoni) va kredit 
(schotning o‘ng tomoni) tayinlanishiga ko‘ra turli xil vazifalarni ba-
jaradi. 
Aktiv schotlarning debetida mablag‘larning qoldig‘i va ko‘payishi, 
kreditida esa kamayishi aks ettiriladi. Passiv schotlarda, aksincha, mab-
lag‘lar tashkil topish manbalarining qoldig‘i va ko‘payishi kreditida, 
kamayishi esa debetida aks ettiriladi. 
Buxgalteriya hisobi amaliyotida «qoldiq» so‘zining o‘rniga 
ko‘pincha «saldo» so‘zi ishlatiladi. «Saldo» italyancha so‘z bo‘lib, ay-
nan tarjimasi «hisob-kitob» degan ma’noni bildiradi. 
Schot bo‘yicha hisobot davrining boshiga bo‘lgan qoldiq bosh-
lang‘ich  saldo deb ataladi. Schot bo‘yicha hisobot davrining oxiriga 
bo‘lgan qoldiq oxirgi saldo deb ataladi. Agar schotning debeti bo‘yicha 
oborotlar jami mazkur schotning krediti bo‘yicha oborotlar jamidan ko‘p 
bo‘lsa, u holda debet qoldiq qoladi. U schotning boshlang‘ich qoldiq 
joylashgan, chap tomonida ko‘rsatiladi.  


 
 
50
Qoldiq har bir schot bo‘yicha har oyning birini sanasiga hisoblab 
chiqariladi. Schotda boshlang‘ich qoldiq bo‘lgan hollarda yangi (oxirgi) 
qoldiq schotning boshlang‘ich qoldig‘i ko‘rsatilgan tomondagi oborot 
yozuvlarining jamini hisobga olgan holda mazkur schotning qarama-
qarshi tomonidagi oborotlar jami chegirib tashlab aniqlanadi. Oxirgi 
qoldiq bo‘lmagan, ya’ni u nolga teng bo‘lgan hollarda schot yopilgan 
hisoblanadi.  
Schotni yopish quyidagilar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin:  
3 
alohida faoliyat turlarining moliyaviy natijasini har bir hi-
sobot davri bo‘yicha hisoblab chiqarish zaruratidan kelib chiqqan holda 
ularning qoldiqlarini boshqa schotga o‘tkazish. Masalan, 9000-«Asosiy 
(operatsion) faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schotlar» (9010, 
9020, 9030) qoldiqlari har oy oxirida 9910-«Yakuniy moliyaviy natija» 
schotiga o‘tkazish bilan yopilishi lozim; 
3 
hisobga olinadigan obyektning mohiyati bilan bog‘liq. Ma-
salan, korxonada yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni 
o‘zlashtirish bilan bog‘liq xarajatlar amalga oshirilgan. Ushbu maqsadlar 
uchun joriy oyda amalga oshirilgan xarajatlar, hali mahsulot ishlab 
chiqarilmaganligi sababli, ma’lum bir mahsulot tannarxiga qo‘shilishi 
mumkin emas. Shuning uchun bunday xarajatlar 3100-«Kelgusi davr 
xarajatlarini hisobga oluvchi schotlar» schotining debetida to‘plab bori-
ladi. Ishlab chiqarish yo‘lga quyilganidan va mahsulot ishlab chiqarish 
boshlanganidan so‘ng mazkur schotlarda to‘plangan xarajatlar har bir hi-
sobot oyi bo‘yicha teng ulushlarda mahsulotlar turlarining tannarxiga 
taqsimlanadi. Xarajatlar hisobdan chiqarilgandan so‘ng 3100-«Kelgusi 
davr xarajatlarini hisobga oluvchi schotlar» yopiladi; 
3 
ayrim turdagi xarajatlarni, avvalo, ishlab chiqarishni tashkil 
etish va boshqarish xarajatlarini hisobga olishga oid amaldagi me’yoriy 
hujjatlar bilan bog‘liq. Masalan, 2510-«Umum ishlab chiqarish xarajat-
lari» schoti unda yig‘ilgan xarajatlarni har oyda kalkulyatsiya 
obyektlariga taqsimlash va hisobdan o‘chirish yo‘li bilan yopiladi 
Aktiv va passiv schotlar balansning aktiv va passiv moddalariga 
mos kelganligi sababli balans schotlari deb ham ataladi. Bu esa balans 
va schotlar o‘rtasida hisob obyektlarini turkumlashning yagona iqtisodiy 
tasnifiga asoslangan o‘zaro bog‘liqlik mavjudligi to‘g‘risida xulosa qil-
ishga asos bo‘ladi (buxgalteriya balansi, schotlar va ikki yoqlama yozuv 
usullarining o‘zaro bog‘liqligi 6-bobning 6.4-bo‘limida batafsil yoritil-
gan).  

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling