O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov


-rasm. Buxgalteriya hisobining «Bosh-jurnal» shakli


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/345
Sana09.12.2021
Hajmi1.64 Mb.
#179465
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   345
Bog'liq
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari

3.3-rasm. Buxgalteriya hisobining «Bosh-jurnal» shakli 
 
«Bosh-jurnal» shaklining mazmunidan ko‘rinib turibdiki, u qo‘l 
mehnati xarajatlarini biroz qisqartirsada, ammo unda memorial-order 
shakliga xos kamchiliklar mavjud.  
Hisobning Bosh-jurnal shakli 
Dastlabki     hujjatlar 
 
Memorial-orderlar 
 
Кassa daftari  
Analitik  
hisob  
registrlari  
 
Registratsiya jurnali 
Analitik schotlar 
bo‘yicha oborot 
qaydnomasi  
Balans va hisobotlar  

joriy yozuvlar 
- yozuvlarni tekshirish


 
 
104
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli. Hisobning jurnal-order 
shakli ma’lumotlarni joriy hisobni yuritish va hisobot tuzishni ta’minlay-
digan tartibda sintetik va analitik hisob registrlarida sistemalashtirish va 
to‘plashga asoslanadi. Bu shaklda hisob yuritish qishloq xo‘jalik 
korxonalarida buxgalteriya hisobini yuritishga oid ko‘rsatma va 
yo‘riqnomalarga muvofiq amalga oshiriladi. Buxgalteriya hisobining bu 
shaklida asosiy hisob registrlari jurnal-orderlardir. 
Dastlabki hujjatlar ma’lumotlari bevosita jurnal-orderda va qayd-
nomalarda to‘planib boradi. Xo‘jalik muomalalarini sistematik va xro-
nologik yozish bir vaqtning o‘zida ya’ni, bir xil ish usulida amalga 
oshiriladi. 
Zarur analitik ma’lumotlarni jurnal-orderlardan olish imkoni 
bo‘lmagan hollarda yordamchi qaydnomalardan foydalaniladi. Jurnal-
orderlarning tuzilish tamoyili tegishli schotlar aloqasi ko‘rsatilgan holda 
hisob yuritishga asoslangan. 
Jurnal-orderlar shunday tuzilgan-ki, ularda iqtisodiy mazmuniga 
ko‘ra bir xil xo‘jalik muomalalari aks ettiriladi. Shuning uchun ayrim 
jurnal-orderlar bir necha schotlarning krediti bo‘yicha muomalalarni aks 
ettirishga mo‘ljallangan. Dastlabki hujjatlar ma’lumotlarini to‘g‘ri gu-
ruhlash uchun jurnal-orderlarda schotlar krediti bo‘yicha namunaviy 
schotlar aloqasi ko‘rsatilgan. 
Shunday qilib, jurnal-order shaklining tuzilishi quyidagi asosiy ta-
moyillarga asoslanadi: 
jurnal-orderlarda xo‘jalik muomalalari tegishli schotlarning krediti 
bo‘yicha debetlanuvchi schotlar ko‘rsatilib yozilishi; 
sintetik va analitik hisob yozuvlarining yagona tizimga birlashtiril-
ishi; 
buxgalteriya hisobida muomalalar xo‘jalik faoliyatini nazorat qil-
ish, davriy va yillik hisobot tuzishni ta’minlaydigan yo‘nalishda aks et-
tiriladi; 
davriy va yillik hisobot tuzish uchun zarur bo‘lgan, analitik hisob 
moddalarining nomenklaturasi va ko‘rsatkichlari hamda schotlar aloqasi 
oldindan belgilangan hisob registrini qo‘llash. 
Yuqoridagi tamoyillarni yaqqol tasavvur qilish va jurnal-order 
shaklining mohiyatini tushunish maqsadida 5010-«Milliy valyutadagi 
pul mablag‘lari» schoti bo‘yicha yuritiladigan 1-ASK jurnal-orderini 
ko‘rib chiqamiz (3.6-jadval). 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling