O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/345
Sana09.12.2021
Hajmi1.64 Mb.
#179465
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   345
Bog'liq
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari

 
3.1-jadval 
№01-MEMORIAL-ORDER 
Kassa muomalalari. Yanvar 200__ y. 
 
Korrespodensiyalanuvchi schotlar 
Asos (hujjatlarga yoki yozuvlar 
mazmuni) 
Debet Kredit 
Summa 
2 yanvar uchun kassa hisoboti va 
h.k. 
5110 5010 120000 
Jami  
 
 
120000 
Buxgalter 
    Ahmedov 
S.I. 


 
 
99
Memorial-orderlar tuzilish me’yoriga qarab ro‘yxatga olish jur-
nalida qayd qilib boriladi (3.2-jadval). 
 
3.2-jadval 
Memorial-orderlarni ro‘yxatga olish jurnali 
Yanvar 200__ y. 
 
Memorial-orderning tartib raqami  
Orderning sanasi  
Memorial-
orderdagi summa 
1 2 
yanvar 
120000 

4 yanvar 
 80500 
va h.k. 
 
 
Yanvar uchun jami  
 
4005000 
 
Shunday qilib, memorial-orderlar ro‘yxatga olish daftariga yozil-
ganda ularga tartib raqami beriladi.  
Amaliyotda memorial-orderlar bir turdagi bir oylik xo‘jalik 
muomalalari jami bo‘yicha tuziladi. Ushbu muomalalarni rasmiylashti-
radigan memorial-orderlarga oldindan raqam berilgan bo‘ladi. Masalan, 
«Kassa» schotining debeti va u bilan korrespondensiyalanadigan schot-
larning krediti bo‘yicha muomalalarni yozish uchun №1 memorial-or-
der, «Kassa» schotining krediti bo‘yicha esa №2 memorial-order tuzi-
ladi. Bunday tajriba oy davomida analitik schotlar bo‘yicha ularni oy 
oxirida sintetik schotga birlashtiruvchi yozuvlar bo‘yicha rasmiylashti-
radigan memorial-order raqami ko‘rsatilgan holda yozib borish imkonini 
beradi.  
Memorial-orderlar tuzilib, ro‘yxatga olish daftarida qayd qilin-
ganidan so‘ng yozuvlar Bosh daftardagi sintetik schotlarga o‘tkaziladi. 
Memorial-order shaklining Bosh daftari ikki tomonlama yoyiq shaklga 
ega bo‘lib, har bir sintetik schot uchun alohida yoyiq ikki bet ajratiladi. 
Ushbu daftarda memorial-orderlarning yozuvlari har bir schot bo‘yicha 
korrespondensiyalanuvchi schotlar ko‘rsatilgan holda yozilib, u yoki bu 
davr uchun ko‘rsatkichlarni umumlashtirish imkonini beradi.  
Bosh daftar bir yilga ochilib, har bir oy uchun bir qator ajratiladi. 
Bunday shakldagi Bosh daftar nazorat-shaxmat qaydnomasi deb ham 
ataladi. Bosh daftar schotlarida faqat hisobot davri uchun joriy oborotlar 
hisobga olinadi.  


 
 
100
Bosh daftar schotlarining shakli har bir korrespondensiyalanuvchi 
schot bo‘yicha debet va kreditga bo‘lingan holda tuziladi va quyidagi 
shaklga ega (3.3-jadval):  

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling