O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev
Metallurgik jarayonlar kinetikasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)
2.6. Metallurgik jarayonlar kinetikasi
Geterogen reaksiyalar kinetikasi. Tezliklarning uchta bosqichi farqlanadi: reaksiyaga kiradigan moddalarni fazalarning ajralish sirtiga ko‗chirish, reaksiyalarning o‗zi va reaksiya mahsulotlarini reaksiya bo‗la- digan zonadan chetlatish. Jarayonning umumiy tezligi eng sekin odadigan bosqichning tez- ligiga teng (agar bu tezlik qolganlaridan ancha kichik bo‗lsa). Agar barcha tezliklar bir tartibda bo‗lsa, unda jarayonning tezligi taqqoslanayotgan tezliklarning eng sekini bilan aniqlanmaydi. Agar reaksiyaga kiradigan moddalarni keltirish yoki reaksiya mahsulotlarini olib ketish tezligi reaksiyaning o‗zining tezligidan kichik bo‗lsa, unda jarayon diffuzion zonada, agar sekin bosqich reaksiyaning o‗zi bo‗lsa, unda jarayon kinetik zonada sodir bo‗ladi, deb hisoblanadi. Massa uzatish jarayonlarining tezligi massa oqimi M (kg/s) yoki moddalar miqdorining oqimi J (mol/s), shuningdek, ularning massa oqimining zichligi m (kg/s ∙ m 2 ) va modda miqdori j (mol/s ∙ m 2 ) deb ataladigan solishtirma qiymatlari bilan baholanadi. Biror vaqt ichida Ω yuza orqali uzatilgan massa M τ = mΩτ formula bo‗yicha aniqlanadi. Mos ravishda J τ =jΩτ modda miqdori aniqlanadi. Ko‗chirishning asosiy qonunlaridan biri Fik qonuni hisoblanadi, unga muvofiq oqim zichligi massa uzatish harakatlantiruvchi kuchining gradiyentiga proporsional: yoki (2.61) bu yerda: ρ — diffuzion komponentning parsial zichligi, kg/m 3 ; D — diffuziya koeffitsiyenti, m 2 /s; x — diffuziya yo‗li. Modda miqdori oqimining zichligi quyidagi formuladan aniqlanadi: yoki (2.62) 114 bu yerda C — konsentratsiya, mol/m 3 . (2.61) va (2.62) tenglamalardagi minus ishora Fik qonuniga muvofiq moddaning siljishi konsentratsiyaning kamayishi tomon sodir bo‗lishini ko‗rsatadi. Konsentratsiya gradiyenti diffuzion qatlamning δ d qalinligi bilan xarakterlanadi, bu qatlam chegarasida konsentratsiya C hajmiy qiy- matdan C ω sirtiy qiymatgacha o‗zgaradi. Agar taqsimlanish chiziqli deb hisoblansa, unda yoki ( ) ( ) , (2.63) bo‗ladi, bu yerda: δ — diffuzion qatlamning effektiv qalinligi; — diffuziya yordamida massa uzatish koeffitsiyenti, m/s. Umumiy holda, ya‘ni massa uzatishning barcha uchta bosqichi uchun massa uzatish koeffitsiyenti quyidagicha bo‗ladi: , bu yerda; α — fazalararo massa uzatish koeffitsiyenti, u kimyoviy reaksiya yoki erish tezligini xarakterlaydi. Harakatlanayotgan muhitda modda nafaqat diffuziya bilan, balki konveksiya bilan ham ko‗chiriladi. Biror ρ zichlikka ega bo‗lgan ara- lashmaning qandaydir hajmini v tezlik bilan siljitganda massa ko‗chishi sodir bo‗ladi: m k = ρv. Molekular va konvektiv ko‗chirish hisobiga massa oqimining yig‗ma zichligi quyidagi tenglamadan aniqlanadi: m = m k + m d . Bu holda konvektiv diffuziyaning differensial tenglamasidan foydalaniladi: 115 . / . (2.64) 𝗏 = const bo‗lganda (2.64) da o‗ng qismning oxirgi hadi nolga teng. Unda . (2.65) Shunga o‗xshash, (2.65) tenglamani quyidagi kо‗rinishda tasavvur etish mumkin: . (2.66) Bir o‗lchovli masala uchun (2.66) tenglamadan Fikning ikkinchi tenglamasi chiqariladi: , (2.67) bu formuladan, odatda, eksperiment ma‘lumotlari bo‗yicha diffuziya koeffitsiyentini hisoblab topish uchun foydalaniladi. (2.61) — (2.67) tenglamalar bo‗yicha barcha hollar uchun hisob- lashlar o‗tkazib bo‗lmaydi. Ba‘zan tuyulma massa uzatish koeffitsiyenti k v tushunchasidan foydalaniladi. U element massa oqimi zichligining uning bir protsent K konsentratsiyasiga bo‗lgan nisbatidan iborat: , (2.68) k 𝗏 kattalik kg/m ∙ s ∙ % larda o‗lchanadi (konsentratsiya protsenti shu sababli kiritilganki, amaliy hisoblashlarda qotishma tarkibini xarakterlash uchun ayni shu kattalik ishlatiladi). 116 Metalining massasi M Σ o‗zgarmas bo‗lgan suyuqlantirish zonasida i- element massasining o‗zgarishi quyidagi tenglamadan aniqlanadi: , (2.69) bu yerda — i- element massasi. , (2.70) belgilash kiritamiz, unda yoki bo‗adi. Bu tenglamani K 0 dan K gacha va 0 dan τ (massa uzatilish vaqti) gacha integrallab, shuningdek, shixta materiallarining solishtirma yuzasi (m 2 /kg) ni kiritib, quyidagiga ega bo‗lamiz: ( ) (2.71) Tuyulma massa uzatish koeffitsiyenti uning haqiqiy konstantalari bilan quyidagi munosabatlar yordamida bog‗langan: ( ) bu verda M m — komponent molining massasi, kg/mol; k 𝗏 koeffitsiyent yordamida real suynqlantirish jarayonlarining murakkab sharoitlari uchun massa uzatishning matematik modelini yasash mumkin. 117 Yuqorida ko‗rsatib o‗tilganidek, o‗zaro ta‘sirning ko‗p turlari elektrokimyoviy hisoblanadi. Bu o‗zaro ta‘sirlar kinetikasi elektro-kimoviy xarakteristikalar yordamida tavsiflanadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling