O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev


III BOB. QUYMA QOTISHMALARNI SUYUQLANTIRISH


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet48/136
Sana10.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1762301
TuriУчебник
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   136
Bog'liq
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)

III BOB. QUYMA QOTISHMALARNI SUYUQLANTIRISH 
 
3.1. Shixta 
materiallari 
Metall shixta 
materiallari
 
Klassifikatsiyasi va umumiy xarakteristikasi. Metall shixta uchun asos 
sifatida birlamchi va ikkilamchi qora va rangli metallar hamda ligaturalardan 
foydalaniladi. Birlamchi — metallurgiya sanoatining ruda materiallaridan 
olinadigan va quyma ko‗rinishida yetkazib beriladigan mahsulotidir. Ikkilamchi — 
temir-tersak va metall hamda qotishma chiqindilari, shuningdek, temir-tersak va 
chiqindilardan suyuqlantirib olingan rangli metallarning qotishmalaridan iborat. 
Temir-tersak ko‗rinishidagi ikkilamchi qora metallardan po‗lat va cho‗yanni 
suyuqlanti- rishda keng foydalaniladi. Ikkilamchi rangli metallar qotishmalarni 
quyma 
ko‗rinishida 
chiqaradigan 
«Vtorsvetmet»ning 
ixtisoslashtirilgan 
korxonalarida qayta suyuqlantiriladi, lekin ba‘zan mashinasozlik korxonalarida 
temir-tersak va chiqindilardan bevosita foydalaniladi. Chiqindilar ular hosil 
bo‗ladigan korxonalarda bevosita ishlatilganda iqtisodiy samaradorlik yuqori 
bo‗ladi, lekin buning uchun korxona zaruriy shixta tayyorlash va metallurgiya 
bo‗limlariga ega bo‗lishi kerak. 
Tayyor qotishmalar ko‗rinishida aluminiy quymalari, bosim ostida quyish uchun 
magniy va rux qotishmalari, antifriksion rux qotishmalari, shuningdek, badiiy 
quymalar uchun bronza, qalayli va qalaysiz quyma bronzalar va qalayli quyma 
jezlar yetkazib beriladi [7]. 
Cho‗yan quymalari quyiladigan, qayta ishlanadigan va tabiatan legirlangan 
cho‗yanlarga bo‗linadi. Quyiladigan cho‗yanlar (ГОСТ 4832—80)ning odatdagi 
(Л) va magniy bilan tozalangan (ЛР) turlari chiqariladi. Bundan tashqari, 
quyiladigan cho‗yanlar tarkibidagi krem- niyga qarab Л1 (Si 3,2—3,6%) ... Л6 (Si 
1,2—1,6%) markalarga, tarkibidagi Mn ning miqdoriga qarab I (0,3% gacha) ... IV 
(0,9 dan 1.5% gacha) gruppalarga va A (0,08% gacha), Б (0,12% gacha), В (0,3% 
gacha), Г (0,7% gacha), Д (0,12% gacha) klasslarga va tarkibidagi S miqdoriga 
qarab 1 (0,05%)... 5 (0,05% gacha) kategoriyalarga bo‗linadi. 


120 
Qayta ishlanadigan (ГОСТ 805—80) cho‗yanning 10 ta markasi chiqariladi: П1 
va П2 — qayta ishlab po‗lat olish uchun; ПЛ1 (Si 0,8— 1,2%) va ПЛ2 (Si 
0,5—0,8%) — quymakorlik uchun, ПФ1, ПФ2, ПФЗ — fosforli, ПВК1, ПВК2, 
ПВКЗ — yuqori sifatli. Marka xuddi quyma cho‗yanniki kabi tarkibidagi Si miqdori 
bilan aniqlanadi, lekin Si qayta ishlanadigan cho‗yanlarda ancha kam bo‗ladi. 
Bundan tashqari, qayta ishlanadigan cho‗yanlar Mn bo‗yicha gruppalarga, P 
bo‗yicha klasslarga va S bo‗yicha kategoriyalarga bo‗linadi. 
Tabiatan legirlangan cho‗yanlar uch turga bo‗linadi: xrom-nikelli (ТУ 
14-15-84-79), titanli va titan-misli (ТУ 14-15-4-74). Xrom-nikelli cho‗yanning 10 
ta markasi chiqariladi: ЛХН1 (Ni + Co 0.2%; Cr 0,4— 1,2%) dan ЛХН10 (Ni + Co 
1%; Cr 2,3-3,2%) gacha. Titanli cho‗yan (БТЛЗ—БТЛ7) tarkibida 0,3—1,2% Ti, 
titan- misli cho‗yan (БТМЛЗ—БТМЛ7) tarkibida 1-3% Cu va 0,3-1,2% Ti bo‗ladi. 
Ular shixtaga qo‗shilsa, kam legirlangan konstruksion cho‗yanlarni suyuqlantirib 
olish uchun imkon tug‗iladi. 
Ikkilamchi qora metallar (ГОСТ 2787-75). Ular jumlasiga cho‗yan va po‗latning 
temir-tersagi, po‗lat va cho‗yan qirindisi, metall qirqmasi, shtampovka qilingan 
detal va shunga o‗xshashlar kiradi. Ikkilamchi qora metallar klassifikatsiyasi 3.1- 
rasmda tasvirlangan. Ular kategoriyalarga (A — uglerodli va Б — legirlangan), 
klasslarga (po‗lat va cho‗yan) va turlarga bo‗linadi. Turi fizik holati va sifat 
ko‗rsatkichlari bilan aniqlanadi: bo‗lak-bo‗lak, presslangan, qirindi; gabaritli
nogabarit va h.k. Domnaga kiritiladigan qo‗shimcha, metall zaki (kuyindi) va 
payvand shlaki klassga bo‗linmaydi, ular suyuqlantirishda quymakorlikda 
ishlatilmaydi. Legirlangan chiqindilar va temir- tersak kimyoviy tarkibi bo‗yicha 67 
ta gruppaga bo‗linadi. 
Ferroqotishmalar. Metall shixta materiallarining bu keng gruppasi bitta yoki bir 
nechta legirlovchi elementlari bo‗lgan temir qotishmalarni o‗z ichiga oladi. Asosiy 
legirlovchi element, odatda, qotishmalarning nomida ko‗rsatiladi: ferrosilitsiy — Si, 
ferromarganes — Mn, ferroxrom — Cr va h.k. 
Ferromarganes (ГОСТ 4755-80) kam uglerodli (C = 0,5%), o‗rta uglerodli (C = 
1—2%) va ko‗p uglerodli (C = 7%) qotishmalarga bo‗linadi. Kam uglerodli, 


121 
o‗rtacha uglerodli ferromarganesning tarkibida 85% Mn (tarkibidagi Mn miqdori 
75% bodgan ФМн 2,0 dan tashqari) bo‗ladi. Kam uglerodli ferromarganes 
markasining raqamli belgisida tarkibidagi uglerodning o‗rtacha miqdori ko‗rsatiladi 
(masalan, ФМн 1,5 tarkibida 1,5% C bo‗ladi), ko‗p uglerodlida esa marganesning 
o‗rtacha miqdori (masalan, ФМн 75 tarkibida 75% Mn bo‗ladi) ko‗rsatilgan. 
Ferromarganes markasida A harfi tarkibdagi fosfor miqdorining kamligini (masalan, 
ФМн 78A tarkibida 0,05% P bo‗ladi), K harfi tarkibdagi kremniy miqdorining 
kamligini (kremniy 1% gacha), C harfi tarkibdagi kremniy miqdorining yuqorligini 
ifodalaydi, C harfidan keyingi raqam kremniy miqdorini ko‗rsatadi (masalan, ФМн 
75AC6 tarkibida 6% kremniy bo‗ladi). 
Ferroxrom (ГОСТ 4757-89E) kam uglerodli (0,01—0,5% C), 0‗rtacha uglerodli 
(1—4%C), ko‗p uglerodli (6,5—8% C) va markasiga N half belgisi kiritilgan 
azotlangan (1—6% N) ferroxromga bo‗linadi. Ferroxronming barcha markalarida 
xrom miqdori 60—68% bo‗ladi. Kam uglerodli, o‗rtacha uglerodli va ko‗p uglerodli 
ferroxromning markalaridagi raqamli belgi tarkibdagi C miqdorini ko‗rsatadi 
(masalan, ФХ006А tarkibida 0,06% C bor). Azotlangan ferroxrom markasidagi 
raqamli belgi tarkibdagi azot miqdorini ko‗rsatadi (masalan, ФХН 200A tarkibida 
2% azot bor). Ferroxrom tarkibidagi Si miqdori 0,8—2,0% atrofida bo‗ladi. 
Markadagi C harfi tarkibdagi Si miqdorining ko‗pligini (masalan, ФХ800СА 
tarkibida 5,0—10,0% Si bor), A va Б harflari tarkibdagi P miqdorining kam yoki 
ko‗p bo‗lishini ko‗rsatadi (A harfi bo‗lsa, tarkibdagi P miqdori 0,02— 0,03%; Б 
harfi bo‗lsa, P miqdori 0,03—0,05% atrofida bo‗ladi). 
Ferrosilitsiyning (ГОСТ 1415—78) 11 ta markasi chiqariladi. Ferrosilitsiy 
markasidagi raqamli belgi tarkibdagi silitsiyning o‗rtacha miqdorini ko‗rsatadi 
(masalan, ФС45 tarkibida 41—47% Si bo‗ladi). 


122 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling