O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev


Plazma pechlarida po‘lat suyuqlantirish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet127/136
Sana10.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1762301
TuriУчебник
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   136
Bog'liq
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)

5.6. Plazma pechlarida po‘lat suyuqlantirish 
Shakldor quyma uchun podatning eng ko‗p miqdori elektr yoy pechlarida 
suyuqlantirib olinadi. Lekin ular juda ko‗p tutun ajratadi va shovqin hosil qiladi. 
Plazma pechlarida bu kamchiliklar bo‗lmaydi. Ular ishchi bo‗shliqning 
konstruksiyasi bo‗yicha yoy pechlariga o‗xshash, lekin elektrodlar o‗rniga ularning 
gumbazida plazmatron o‗rnatilgan. Bu pechlarning odatdagi yoy pechlariga 
nisbatan afzalliklaridan biri — grafit elektrodlarning bo‗lmasligidir, bu esa metallni 
uglerodlanishdan to‗la mustasno qiladi va kam uglerodli po‗lat suyuqlantirib olishga 
imkon beradi. Plazma yoyi plazmatron elektrodi bilan suyuqlantirilgan metall 
vannasi oralig'ida yonadi. Vanna pech o‗zgarmas tok bilan ta‘minlanganda anod 
vazifasini o‗taydi, uch fazali tok bilan ta‘minlanganda esa sxemaning nol nuqtasi 
bo‗ladi [4]. Kombinatsiyalangan tarzda qizdirish pechlari ham mavjud: plazma- 
induksion va yoqilg‗i- plazma pechlari. 
Plazma pechlarining asosiy xususiyati - pech bo‗shlig‗ini yaxshi germetiklash va 
binobarin, suyuqlantirishni nazorat qilinadigan atmosferada o‗tkazish imkonini 
berishidir. 
Neytral 
atmosferada 
suyuqlantirish 
mumkinligi 
legirlovchi 
qo‘shimchalarni amalda tola o‗zlashtirib, yuqori legirlangan po‗latlar chiqindisidan 
foydalanishga imkon beradi.


308 
 
 
5.2- rasm. Po‗latning sifatini yaxshilash usullarining klassiflkatsiyasi. 


309 
Sanoatda 
suyuqlantirish 
jarayonida 
10 
tonnali 
pechda 
legirlovchi 
elementlarning, masalan, quyidagicha o‗zlashtirilishiga erishiladi (%): 97-99 Mn, 
96-98 Cr, 98—100 Ni, 98-100 Mo, 60-80 Ti. Plazma pechlarining shunday 
afzalliklaridan yana biri — atrofdagi muhitning kam ifloslanishi va mehnat 
gigiyenasining oshishidir. 
Lekin plazma pechlarida argon ishlatilishi va elektr energiyaning ko‗p 
sarflanishi natijasida ularda suyuqlantirish narxi yoy pechlariga qaraganda yuqori 
bo‗ladi. Shu sababli, plazma pechlaridan yuqori legirlangan po‗latlar va 
qotishmalarni suyuqlantirishda foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo‗ladi. Bunda 
kuyindining kamayishi va po‗lat sifatining yaxshilanishi hisobiga legirlovchi 
elementlarning kamayishi hal qiluvchi ahamiyatga ega [4]. 
Shixta plazma pechlariga po‗lat suyuqlantiriladigan pechlardagiga o‗xshash 
yuklanadi, ya‘ni ust tomondan (buning uchun pechlar buriladigan gumbazlar yoki 
yumalatib chiqariladigan vanna bilan jihozlanadi). Kichik sig‗imli (6 t gacha) 
pechlarda pech tubida o‗rnatiladigan elektrodlarning bo‗lishi elektrod bilan qattiq 
shixta orasida puxta elektr kontakti ta‘minlanishi zaruriyatini yaratadi. Gumbaz 
yopiladi va pechga plazmatronlar shunday tarzda kiritiladiki, bunda soplo uchi va 
shixta orasida millimetrning yuzdan bir necha ulushlari qadar oraliq o‗rnatilsin. 
Pechga kuchlanish beriladi va elektrod bilan plazmatronlarning soplolari orasida 
start yoyi yonadi. So‗ngra plazmatron yoy alangasi shixtaga urmaguncha shixta 
tomon siljitiladi. Ishchi yoy yongandan keyin plazmatronlar ish holatiga qaytariladi 
va pech islilab turgan vaqtda qo‗zg‗almaydigan qilib qoldiriladi. Suyuqlantirish 
vaqtida pech operativ tarmoqdan uzilganida, yoyni yondirish uchun plazmatron 
qaytadan metall yaqiniga siljitiladi. 
Po‗latni suyuqlantirishda plazma pechida sodir bo‗ladigan metal- lurgik 
jarayonlar yoy pechlarida sodir bo‗ladigan jarayonlarga o‗xshash bo‗ladi, ya‘ni 
jarayon aralashmalarni oksidlantirmasdan sodir bo‗ladi; suyuqlantirish jadal olib 
boriladi, bu esa legirlovchi elementlarni yaxshi saqlab qolishga imkon beradi. 
Plazma pechi atmosferasining tarkibida juda ko‗p miqdorda argon bo‗ladi, shuning 
uchun kislorod, azot va vodorod suyuqlanmadan gaz fazasiga odishi mumkin, ya‘ni 


310 
ayni holda gaz fazasi tozalagich hisoblanadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling