O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektr shlak yordamida qayta suyuqlantirishning fizik- kimyoviy xarakteristikasi.
5.7. Elektr shlak yordamida
po‘latni qayta suyuqlantirish (EShQS) Elektr shlak yordamida qayta suyuqlantirish VDP, ELP va PDP bilan bir qatorda, yuqori sifatli po‗lat olishning zamonaviy metodi hisoblanadi. Elektr shlak yordamida qayta suyuqlantirish (EShQS) shundan iboratki, sarflanadigan elektrod ko‗rinishidagi qayta suyuqlantiriladigan po‗lat elektr odkazuvchi suyuq shlak vannasiga solinadi. Bu shlak suv bilan sovitiladigan kristallizatorda unda shlak aralashmasini suyuqlantirib yoki maxsus shlak suyuqlantirish pechida tayyorlangan suyuq shlak quyib hosil qilinadi. Elektrod va shlakdan o‗tkaziladigan o‗zgaruvchan yoki o‗zgarmas elektr toki shlakni 1600—1800 °C temperaturada suyuqlantirilgan holatda saqlab turadi, buning hisobiga sarflanadigan elektrod suyuqlanadi va elektrod uchidan oqib tushadigan metall tomchilari kimyoviy aktiv shlak qatlami orqali o‗tadi hamda metallmas qo‗shilmalar va zararli aralashmalardan tozalanadi. Shlak vannasidan pastda to‗planadigan suyuq metall vannasi asta- sekin qotadi va kristallizatorda quyma ko‗rinishida shakllanadi. Jarayon uzluksiz amalga oshiriladi. Suyuqlantirilgan elektrod metallining muntazam kelib tushishini ta‘minlagan holda quyma (yombilar)ni yo‗naltirilgan holda qotirish quymada kirishish g‗ovaklari bo‗lmasligini ta‘minlaydi va bir jinsli zich straktura hosil qiladi. Shlak suyuq metallni atmosfera ta‘siridan sezilarli darajada saqlaydi. Qayta suyuqlantirish jarayonida quymaning yon sirtida qalinligi 1—3 mm bo‗lgan shlak qobig‗i (garnisaj) hosil bo‗ladi. Qobiq kristallizatordan tabiiy issiqlik va elektr izolatsiyasini hamda quyma sirtining silliq, toza bo‗lishini ta‘minlaydi. Elektr shlak yordamida qayta suyuqlantirishning fizik- kimyoviy xarakteristikasi. Elektr shlak yordamida qayta suyuqlantirishning po‗lat tozalashning yuqori samaradorligini aniqlaydigan asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: yuqori temperatura, juda rivojlangan kontaktlashish yuzasi, tarkibida SiO 2 , FeO, MnO miqdori kam bo‗lgan yuqori asosli shlak va quymaning 311 yo‗naltirilgan kristallanishi. Elektr shlak yordamida qayta suyuqlantirishda fazalarning o‗zaro ta‘siri ham qator xususiyatlarga ega. Ular shulardan iboratki, shlak tarkibida kislorodni atmosferadan metallga ko‗chira oladigan o‗zgaruvchan valentli oksidlar deyarli bo‗lmaydi. Bundan tashqari, shlaklar tarkibida CaF 2 bo‗ladi, ular esa elementlarning quyidagi reaksiyalar bo‗yicha gaz fazasiga o‗tishiga yordam beradi: (2CaF 2 ) + (SiO 2 ) = (2CaO) + {SiF 4 }↑ (5.4) (CaF 2 ) + (FeO) = (CaO) + {FeF 2 }↑ (5.5) (3CaF 2 ) + [2Al] = [3Ca] + {2AlF 3 }↑ (5.6) (2CaF 2 ) + [Ti] = [2Ca] + {TiF 4 } ↑ (5.7) Tarkibida CaF 2 bo‗lgan shlaklar, masalan, АНФ-6, АНФ-7, АНФ-8 lar oson suyuqlanadi (suyuqlanish temperaturasi 1200—1350 °C), uncha yuqori bo‗lmagan qovushoqlikka va yaxshi elektr o‗tkazuvchanlikka ega bo‗ladi, lekin ulardan foydalanilganda elementlarning bir qismi (5.4)—(5.7) reaksiyalar bo‗yicha gaz fazasiga o‗tadi hamda zararli ftoridlar ajralib chiqadi va bundan tashqari, kislorodning atmosferadan shlak orqali o‗tishi yengillashadi. Bu kamchiliklar tarkibida ftor bo‗lmagan fluslar, masalan, АН-209, AH-292 da bo‗lmaydi. Elektr shlak yordamida qayta suyuqlantirishda oltingugurtni chiqarib yuborish sulfidlarning bevosita o‗tishi [FeS] → (FeS)ga ham, (1.34) va (1.35) reaksiyalarga ham bog‗liq. Bu reaksiyalar yuqori temperaturalar, shlakni yuqori darajada asosliligi va reaksiyaga kiradigan yuzaning rivojlanganligi tufayli samarali o‗tadi. O‗zgarmas tokdan foydalanilganda, oltingugurt quyidagi reaksiya bo‗yicha elektr kimyoviy usulda chiqarib yuborilishi sodir bo‗lishi mumkin: [S] +2e → (S 2- ). (5.8) Metallmas qo‗shilmalarni chiqarib yuborish ham elektr shlak yordamida qayta suyuqlantirishning (EShQS) ko‗rsatilgan xususiyat- lariga asoslanadi va sezilarli 312 darajada sirtiy hodisalar hamda texnologik jarayonning o‗zining parametrlariga bog‗liq bo‗ladi. Metallmas qo‗shilmalami chiqarib yuborishning kinetik tenglamasi quyidagi ko‗rinishga ega: (5.9) bu yerda: va — metallmas qo‗shilmalarning dastlabki va oxirgi konsentratsiyasi, %; — ning eng kam konsentratsiyasi, %, ( ); — quymaning suyuqlanish tezligi, m/s; ( — effektiv massa ko‗chirish koeffitsiyenti. Metallmas qo‗shilmalarni effektiv chiqarib yuborish uchun kichik radiusli qo‗shilmalar bo‗lishi, shuningdek, shlakning sirt tarangligi yuqori va ular shlakni yaxshi ho‗llashi zarur. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling