O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev


 Suyuqlantirish pechi va shixtani tayyorlash


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet131/136
Sana10.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1762301
TuriУчебник
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   136
Bog'liq
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)

1. Suyuqlantirish pechi va shixtani tayyorlash. Pech shlakdan, metall qoldig‗i 
va hokazolardan tozalanadi. Shixtani nam tigelga yuklashga yo‗l qo‗yilmaydi. 
Shixta begona qo‗shilmalardan tozalangan, quritilgan bo‗lishi kerak, noma‘lum 
tarkibli temir- tersakdan foydalanishga, shuningdek, shixta tarkibida moy, axlat va 


316 
shunga o‗xshashlarning bo‗lishiga yo‗l qo‗yilmaydi. Yuqori sifatli rangli 
qotishmalarni olish uchun shixtani talab etilgan tarkibdagi quyma materiallar va


317 
5.4- rasm. Yuqori sifatli rangli qotishmalar olishning sistemali analiz sxemasi. 


318 
qaytgan metalldan tashkil etish maqsadga muvofiq bo‗ladi, chunki temir- tersak va 
chiqindilar muqarrar qotishma sifatini yomonlashishiga olib keladi. 
2. Suyuqlantirishning texnologik rejimiga rioya qilish (temperatura, fazalar 
tarkibi, jarayonning va ayrim operatsiyalarning davomiyligi). Rangli qotishmalar 
o‗ta qizdirishga sezgir bo‗ladi (qotishma «keragidan ortiqcha qizishi» mumkin, bu 
esa sifatning yomonlashishiga olib keladi). Yuqori temperaturalarda va uzoq vaqt 
saqlab turilganda qotishmalar tarkibidagi gaz miqdori ortadi. Ko‗p qotishmalar ular 
suyuqlantiriladigan atmosferaga sezgir bo‗ladilar. Shu sababli suyuqlantirish 
sharoitlarini to‗g‗ri tanlash juda muhim (III bobga q.). 
3. Qotishmani tozalash. Tozalashning samaraliligi haqida gazlar va metallmas 
qo‗shilmalarning qoldiq miqdoriga qarab fikr yuritish mumkin (mukammalroq III, 
IV boblarga q.). 
Suyuqlanma qotayotganida vodorodning pufakchalar ko‗rinishida ajralib 
chiqadigan «aktiv» qismi quymalarda g‗ovaklikning rivojlanishini aniqlaydi. Bu 
«aktiv» qismni sifat jihatdan baholash vakuum namuna yordamida bajariladi (5.5- 
rasm). Namunani analiz qilishga tayyorlangan suyuqlanma porsiyasi qalpoqcha 
ostiga joylashtiriladi, unda 30—60 s ichida qoldiq bosimi 0,67 • 10
2
Pa ga teng 
siyraklashish yaratiladi: bunda suyuqlanma «qaynay» boshlaydi. Gazning ajralib 
chiqish darajasi haqida qotgan quymaning ustki yuzasining holati bo‗yicha fikr 
yuritish mumkin. Gaz ajralib chiqishi yuqori darajada jadal bo‗lganda yuza sal 
ko‗tarilgan bo‗ladi va yoriq joylar hosil qiladi. Qotgan quymalarning kesik joylari 
ham ishonarli manzarani ko‗rsatadi. Agar faqat «qaynash» jarayonining borishi va 
ustki yuza holatini kuzatish bilan cheklanilsa, unda bu namunani ishlab chiqarish 
sharoitlarida qo‗llash mumkin. Odatda, bu namuna bilan gazning pufakcha 
ko‗rinishida ajralib chiqish jadalligining sifat xarakteristikasi o‗lchanadi, lekin 
undan miqdoriy xarakteristikalarni olish uchun ham foydalanish mumkin. Buning 
uchun vakuum qozoniga pech joylashtiriladi, pechda esa ichiga suyuq namuna 
quyilgan tigel bo‗ladi. Havo so‗rib olinayotganda suyuqlanmaning temperaturasi va 
qozondagi bosim uzluksiz o‗lchanadi, tuynukcha orqali esa suyuqlanma yuzasining 
holati kuzatiladi. Olingan qiymatlar qotishma tarkibidagi vodorod miqdorini 


319 
quyidagi eruvchanlik tenglamasi bo‗yicha hisoblab topishga imkon beradi: 

bu yerda: S — eruvchanlik, sm
3
/100 g metall; T — o‗lchangan temperatura, K; p — 
qozondagi o‗lchangan qoldiq bosim, Pa; A va В — konstantalar. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling