O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev


Po‘lat elektr pechlarda suyuqlantirilganda metall shixta va ferro-


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet135/136
Sana10.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1762301
TuriУчебник
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   136
Bog'liq
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)

Po‘lat elektr pechlarda suyuqlantirilganda metall shixta va ferro- 
qotishmalarda elementlarning kuyishi (dastlabki miqdoridan % hisobida) 
Yoy pechi 
Induksion pech 
Elementlar 
metal
shixtadan 
ferro- 
qotishmadan 
metal 
shixtadan 
ferro- 
qotishmadan 
Uglerod 
25 
10-20 
10 
10-20 ' 
Kremniy 
10 
20 

Marganes 
5-10** 
20 
10 
Xrom 

15 

Nikel 




Vanadiy 
10 
15 

Volfram 
10 



Molibden 




Mis 




Titan 
50 
50 
10 
Kobalt 




I z o h : * suratda - aralashmalarni oksidlamasdan suyuqlantirish uchun
maxrajda — oksidlab (kislotali jarayonda suyuqlantirishning konkret sharoitlariga 
bog‗liq holda Si qirmochi kuzatiladi): 
** — Mn> 5% uchun; 
*** — У < 1% uchun. 


326 
Shundan keyin chiziqli programmalash metodi yordamida po‗lat uchun 
shixtaning optimal tarkibi topiladi. Xuddi shunday tarzda cho‗yan uchun shixtaning 
optimal tarkibi va suyuqlantirish jarayonining parametrlarini aniqlash mumkin [19]. 
6.2. Aluminiy qotishmalari tayyorlash oqilona texnologiyasini tanlashning 
asosiy prinsiplari 
Aluminiy va uning qotishmalarining xossalarini, shuningdek, ularni qizdirishda 
va suyuqlantirishda sodir bo‗ladigan issiqlik-fizika hamda fizik-kimyoviy 
jarayonlarni kо‗rib chiqish shuni ko‗rsatadiki, bu qotishmalarni olish uchun amalda 
bo‗lgan barcha suyuqlantirish usullari yaroqlidir. Oson bug‗lanuvchi 
komponentlarning sezilarli yo‗qolishi kuzatiladigan vakuumda suyuqlantirish 
jarayonigina bundan mustasno. 
Aluminiy qotishmalarini olish usuli unumdorlikning juda yuqori bo‗lishini, 
suyuqlanma kerakli kimyoviy tarkibga, temperaturaga va sifatga ega bo‗lishini 
ta‘minlashi kerak. Qotishma mumkin qadar qisqa muddat ichida tayyorlanishi 
kerak. Shu boisdan tubli pechlarda energiya manbayi bilan shixta (suyuqlanma) 
orasida konveksiya yordamida uzatiladigan issiqlik ulushini oshirish hisobiga 
issiqlik almashinuvini jadallashtirish maqsadga muvofiq bo‗ladi. Bu bilan bir 
qatorda, pech vannasidagi issiqlik va massa almashtirish jarayonlarini suyuqlanma 
aralashtirish uchun har xil vositalardan foydalanish hisobiga jadallashtirish mumkin. 
Bunda temperaturani o‗zgarmas saqlash va uning aniq rostlanishini ta‘ miniash 
(ayniqsa, tarqatish pechlarida) muhim shartlardan hisoblanadi. 
Qotishma tayyorlash jarayonida oksidlanish hisobiga metallning eng kam 
yo‗qotilishiga harakat qilinsa yaxshi bo‗ladi. Shu sababli, shixtani va ayniqsa, oson 
oksidlanadigan qo‗shimchalami suyuqlanmaga botirib suyuqlantirish maqsadga 
muvofiq bo‗ladi, chunki bunda tomchilab suyuqlanish sodir bo‗lmaydi. Tarqatish 
pechlarida suyuqlanmani saqlab turishda uning gaz bilan to‗yinishiga yo‗l 
qo‗ymaslik lozim. Tarkibidagi qattiq va gazsimon metallmas qo‗shilmalar miqdori 
bo‗yicha suyuqlanmaning talab etilgan sifat darajasi suyuqlantirish agregatida ham 
va undan tashqarida ham effektiv tozalash vositalaridan foydalanib ta‘minlanadi. 


327 
Kimyoviy jihatdan suyuqlanma bilan o‗zaro ta‘sirlashmaydigan, o‗tga chidamli 
materiallar qo‗llangani ma‘qul. Fluslar, gazlar va tozalovchi moddalar atrofdagi 
muhitni iflos qilmasligi kerak. Qotishmalar tayyorlash uchun foydalaniladigan 
texnologiya va asbob- uskunalar shixtaning oson yuklanishini, pechni tozalashning, 
vannadagi suyuqlanmani aralashtirishning, shlak olinishining qulay bo‗lishini 
ta‘minlashi kerak va h.k. Alohida operatsiyalarni mexanizatsiyalash va 
avtomatlashtirish yaxshi ta‘sir ko‗rsatadi. Aluminiy qotishmalarini tayyorlash usuli 
chiqarilayotgan mahsulot tannarxining past bo‗lishini va asbob- uskunalarni 
ekspluatatsiya qilish xarajatlarini uncha yuqori bo‗lmasligini, shuningdek yoqilg‗i 
va energiyani juda kam yo‗qotilishini ta‘minlashi kerak. Shu sababli suyuqlantirish 
qurilmalarining FIKini mumkin qadar yuqori qiymatga erishishiga intilish zarur. 
Deformatsiyalanadigan aluminiy qotishmalarini tayyorlash uchun turli tipdagi 
pechlarning kelajakda qo‗llanilishini ko‗rib o‗tilayotganda elektr pechlardan eng 
takomillashtirilgani — kanalli- induksion pechning quyish sexlarining kelajakdagi 
asosiy suyuqlantirish agregati deb hisoblashga imkon bermaydigan kamchiliklarga 
ega ekanligini nazarda tutish lozim. Bu kamchiliklar jumlasiga shixtani pechga 
yuklashdan oldin uni tanlab olish va quritish, shuningdek, kanallarni vaqti- vaqti 
bilan tozalash kiradi. 
Qattiq shixtani suyuq vannaga yuklashning o‗ziga xos xususiyatlari bilan 
bog‗langan birinchi kamchilik, yirik seriyalab ishlab chiqarishda jiddiy muammoga 
aylanadi, chunki oldindan quritish sistemasining tashkil etilishi tutun chiqarib 
yuborish sistemasiga ega qizdirish qurilmalarini joylashtirish uchun qo‗shimcha 
maydon talab qiladi, bu esa tayyor mahsulot tannarxini sezilarli oshiradi. Ikkinchi 
kamchilik, avtomatlashtirish darajasi past hamda ko‗p mehnat sarflanadigan, olib 
qo‗yiladigan induktorlarni ta‘mirlash va futerovka qilish bo‗yicha maxsus sexlar 
yaratish zarurligiga olib keladi. 
Aluminiy qotishmalarini uzluksiz suyuqlantirish jarayonlarining yuqori darajada 
jadal o‗tishi va suyuqlantirish agregatlarining maydoni hamda hajmidan ancha to‗la 
foydalanishga erishilishidan, quyish sexlarida jarayonni yuqori darajada 
avtomatlashtirish, mehnat unumdorligini keskin oshirish va mehnat sharoitlarini 


328 
yengillashtirish mumkinligidan iborat potensial afzalliklari shunchalik kattaki
shixtali pechlarni deformatsiyalanadigan aluminiy qotishmalarini tayyorlash uchun 
suyuqlantirish pechlarining eng istiqbolli turi deb hisoblashga imkon beradi. 
Yaqin kelajakda yangidan kiritiladigan quvvatlarning katta qismini uzluksiz 
suyuqlantirish mumkin bo‗lgan shixta tipidagi pechlar bilan jihozlash nazarda 
tutilgan. Uzluksiz suyuqlantirishga to‗la o‗tish esa aluminiy qotishmalari 
metallurgiyasining rivojlanishida sifat jihatdan yangi bosqich bo‗lib qoladi. 
6.2- jadvaldan alanga yordamida qizdiriladigan shixta tipidagi va metall eng kam 
kuygan holda shixtani oksidsizlantirmasdan suyuqlan- tirishni ta‘minlaydigan 
himoya atmosferasida suyuqlantiriladigan pechlardan foydalanish istiqbolliligi 
ko‗rinib turibdi. Aluminiy qotishmalarini tayyorlashda yo‗qotishlarni keskin 
qisqartirish zaruriyati hozirgi vaqtning o‗zidayoq bunga o‗xshagan pechlarni 
yaratish maqsadga muvofiq deb hisoblashga imkon beradi [1]. 
6.2- jadval 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling