Test
1. Ishlab chiqarish omillari egasi: yer, kapital, mehnat, tadbirkorlik hisobiga mos ravishda yaratilgan mahsulotdagi ulushini qaysi ketma-ketlik shaklida oladi?
a) yer rentasi, ish haqi, foiz-dividend, foyda;
b) yer rentasi, foiz-dividend, foyda, ish haqi;
c) yer rentasi, foiz-dividend, ish haqi, foyda;
d) foiz-dividend, foyda, ish haqi, yer rentasi;
e) foyda, yer rentasi, ish haqi, foiz-dividend.
2. Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi bu...
a) ishlab chiqarish natijalarining mehnat xarajatlariga nisbati;
b) ishlab chiqarish natijalarining kapital sarflariga nisbati;
c) ishlab chiqarish natijalarining yer omiliga nisbati;
d) ishlab chiqarish natijasi (mahsulot)ning sarflangan xarajatlarga nisbati;
e) yerga va kapitalga qilingan xarajatlar natijasi.
3. Naflilikning pasayib borishi qonuni amal qilishini izohlashga quyidagilardan qaysi biri to‘g‘ri kelmaydi?
a) universal qonun bo‘lib, doimo amal qiladi;
b) uning amal qilishi doirasi cheklangan bo‘lib, eng avvalo, kundalik ehtiyojlarni qondiradigan tovar, xizmatlarga tegishli;
c) qisqa muddatli davrga xos;
d) ko‘plab tovarlarga nisbatan qo‘llab bo‘lmaydi;
e) naflilikni baholovchi yagona o‘lchov yo‘q.
4. Moddiy-ashyoviy ko‘rinishdagi ne’matlar iqtisodiy faoliyat turlaridan qaysi birining natijasi bo‘lib chiqadi?
a) xizmat ko‘rsatishda;
b) iste’molda;
c) iqtisodiy nafli ish bajarishda;
d) ishlab chiqarishda;
e) yuqoridagilarning barchasida.
Do'stlaringiz bilan baham: |