O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev
Shixtani hisoblash va optimallash
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)
Shixtani hisoblash va optimallash. Optimallash masalasini yechish uchun
shixtani hisoblashda kimyoviy tarkib bo‗yicha cheklashlarni, shixtaning tarkibi va narxini hamda suyuqlantirish pechlarida undan foydalanishning ruxsat etilgan chegaralarini bilish zarur [33]. Turli suyuqlantirish agregatlarida po‗lat suyuqlantirishning o‗ziga xos xususiyatlari, shuningdek, suyuqlantirish shartlari diapazoni shixtani optimallashda, cho‗yan uchun qilinganidek, elementlar kuyishining o‗rtacha hisobidan kelib chiqishga imkon bermaydi. Shuning uchun shixtani hisoblash va optimallashning birinchi bosqichida shixta tarkibidagi elementlarning keltirilgan miqdorini konkret suyuqlantirish sharoitlari hamda bu sharoitlar uchun metall shixta va ferroqotishmalar uchun alohida- alohida kuyindilar kattaligi ko‗rinishida keltirilgan tajriba ma‘lumotlari asosida aniqlanadi: ( ) ( ) , (6.5) bu yerda K i(j) — shixtaning j- komponenti tarkibidagi i- element miqdori. Bundan tashqari, C, S va P uchun suyuqlantirish agregati turi va jarayonga qarab (kislotali yoki asosli, aralashmalarning oksidlanishi yoki oksidlanmasligi), barcha shixta materiallari uchun umumiy bo‗lgan ma‘lum qonuniyatlar mavjud. Ularga asoslanib shixta tarkibidagi talab etilgan elementlar miqdori hisoblab topiladi. Elementlarning kuyishi 4.4- jadvalda keltirilgan. Oksidlab suyuqlantirishda uglerod uchun, odatda, quyidagi bog‗lanishlar qabul qilinadi: ( ) ( ) — asosli jarayon uchun, 324 ( ) ( ) — kislotali jarayon uchun, bu yerda ( ) — suyuq po‗latdagi uglerodning oxirgi miqdori. Oksidsizlantirmasdan suyuqlantirishda, aksincha, shixtadagi uglerod miqdori tayyor po‗latdagiga qaraganda kam bo‗lishi kerak: ( ) ( ) . (6.6) Asosli pechlarda po‗lat suyuqlantirilganda oltingugurt va fosfor dastlabki miqdordan 50—70% kuyadi. Kislotali pechlarda ularning miqdori o‗zgarmaydi. 6.1- jadvalda keltirilgan ma‘lumotlardan va S, C va P bo‗yicha keltirilgan tavsiyalardan foydalanib, kimyoviy tarkibi bo‗yicha cheklash tenglamasini tuzish mumkin: ( ) ∑ ( ) ( ) , (6.7) ( ) ∑ ( ) , (6.8) ( ) ∑ ( ) , (6.9) (6.7)—(6.9) tenglamalar sistemasi texnogolik cheklash tenglamalari bilan to‗ldiriladi va ular shixtaning eng kam narxi aniqlanadigan tenglama bilan birgalikda yechiladi: ∑ , (6.10) bu yerda: — shixtaning preyskurant bo‗yicha j- komponentining narxi, so‗m; x — shixtadagi komponentlar miqdori, %. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling