O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet132/136
Sana10.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1762301
TuriУчебник
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   136
Bog'liq
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)

5.5- rasm. Rangli qotishmalarni nazorat qilish uchun vakuum- namuna:
1 - plita, 2 - suyuq metalli tigel, 3 - manometr, 4 - shisha qopqoq. 
Ajralib chiqadigan vodorodning absolut miqdorini bayon etilgan metod 
yordamida berilgan qotishma uchun eruvchanlik tenglamasiga kiradigan A va В 
o‗zgarmas kattaliklarning qiymati ma‘lum bo‗lgan holdagina aniqlash mumkin. 
Agar kattaliklarning qiymati ma‘lum bo‗lmasa, birinchi pufakcha metodidan ajralib 
chiqadigan vodorod miqdorining nisbiy o‗zgarishini kuzatib borish uchun 
foydalanish mumkin. 
4. Modifikatorlar tanlash. Modifikatsiyalash qotishmalar sifatini yaxshilash 
uchun (IV bobga q.) bajariladi. Yuqori sifatli istalgan qotishma (xoh po‗lat, cho‗yan 
yoki rangli qotishma bo‗lsin) modifikatsiyalanadi. 


320 
Rangli qotishmalarda aralashmalar alohida ahamiyatga ega bo‗ladi. Shu bilan 
birga, bir xil qotishmalarda foydali bo‗lgan aralashmalar boshqa qotishmalarda 
zararli bo‗lishi mumkin. Masalan, aluminiy qotishmalarida temir zararli aralashma 
hisoblanadi; u amalda aluminiyda erimaydi va hatto tarkibida juda kam miqdorda 
bo‗lganda (< 0,005%) ham ignasimon shaklga ega bo‗lgan intermetallid FeAl

ajralib chiqishiga va shuning uchun aluminiy hamda uning qotishmalarining 
elastikligi pasayib ketishiga olib keladi. Quyiladigan qotishmalarda temirning yo‗1 
qo‗yilgan chegaraviy miqdori quyish usuliga bog‗liq. Qum qoliplarga quyishda 
0,5—1,0% Fe ishtirok etilishiga yo‗l qo‗yiladi. Kokilga quyishda katta tezlikda 
sovitilish hisobiga FeAl
3
qo‗shilmalar maydalanadi, shu sababdan qotishma 
tarkibidagi temirning ruxsat etilgan chegaraviy miqdorini 0,8—1,4% gacha oshirish 
mumkin. 
Magniy qotishmalarida ko‗pchilik zararli aralashmalar qattiq magniyda ozgina 
eriydi, shuning uchun ham yoxud erkin holatda (Fe, Na, K) ajralib chiqadi, yoxud 
hatto juda oz miqdorda bo‗lganda ham donalar chegarasi bo‗ylab mo‗rt intermetallid 
qo‗shilmalar (Cu, Ni) hosil qiladi. Bu elementlar magniyning korroziyaga 
turg‗unligini juda pasaytirib yuboradi. Shuning uchun quyiladigan qotishmalarda 
zararli aralashmalar miqdori cheklangan bo‗ladi: ko‗pi bilan 0,08% Fe, 0,01% Ni va 
0,1% Cu. 
Titan qotishmalari uchun kirishma aralashmalari (C, O
2
, N
2
, H
2
) alohida rol 
o‗ynaydi. Ular qotishmalarning mustahkamligi va qattiqligini keskin oshiradi 
(0,01% kirishma aralashmalari kichik konsentratsiya zonasida mustahkamlikni 
7—20 MPa ga oshiradi) va elastikligini pasaytiradi (aralashmalar miqdori 
0,5—0,7% dan ortiq bo‗lganda u nol qiymatga ega bo‗ladi va natijada mo‗rtlik 
vujudga keladi). Shu boisdan kirishma aralashmalarining miqdori qat‘iy cheklanadi: 
O

< 0,1—0,15%; C < 0,5—0,1%; N < 0,04—0,15%. Eng xavflisi vodorod 
aralashmalaridir, chunki ular α- qotishmalarda plastinka sirpanadigan tekisliklarda 
gidrid fazasi hosil qiladi. Vodorod mo‗rtligi vujudga kelishining oldini olish uchun 
vodorod miqdori ~0,01% gacha cheklanadi. 
Oxirgi 10—15 yillarda tiksoquyma va reoquyma jarayonlari rivojlanib ketdi. 


321 
Ushbu usulda aluminiy qotishmalaridan 2000- yilda 1% quymalar olindi. SSP 
(Semi- Solid Processing) va SSM (Semi- Solar Merol) jarayonlarida qotishmalarga 
qattiq, suyuq holatida maxsus ishlov beriladi. Tiksoquyma jarayonida qotishma 
qotgandan so‗ng qisman bo‗shashtiriladi va ishlov beriladi. Reoquyma usulida 
qotishmaga qisman qotgan holatda ishlov beriladi. Tiksoquyma va reoquyma 
texnologik jarayonlari barqarorligi va mahsulotining mexanik xususiyatlari 
yuqoriligi bilan ajralib turadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling