O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Modifikatorlar tanlash.
5.5- rasm. Rangli qotishmalarni nazorat qilish uchun vakuum- namuna:
1 - plita, 2 - suyuq metalli tigel, 3 - manometr, 4 - shisha qopqoq. Ajralib chiqadigan vodorodning absolut miqdorini bayon etilgan metod yordamida berilgan qotishma uchun eruvchanlik tenglamasiga kiradigan A va В o‗zgarmas kattaliklarning qiymati ma‘lum bo‗lgan holdagina aniqlash mumkin. Agar kattaliklarning qiymati ma‘lum bo‗lmasa, birinchi pufakcha metodidan ajralib chiqadigan vodorod miqdorining nisbiy o‗zgarishini kuzatib borish uchun foydalanish mumkin. 4. Modifikatorlar tanlash. Modifikatsiyalash qotishmalar sifatini yaxshilash uchun (IV bobga q.) bajariladi. Yuqori sifatli istalgan qotishma (xoh po‗lat, cho‗yan yoki rangli qotishma bo‗lsin) modifikatsiyalanadi. 320 Rangli qotishmalarda aralashmalar alohida ahamiyatga ega bo‗ladi. Shu bilan birga, bir xil qotishmalarda foydali bo‗lgan aralashmalar boshqa qotishmalarda zararli bo‗lishi mumkin. Masalan, aluminiy qotishmalarida temir zararli aralashma hisoblanadi; u amalda aluminiyda erimaydi va hatto tarkibida juda kam miqdorda bo‗lganda (< 0,005%) ham ignasimon shaklga ega bo‗lgan intermetallid FeAl 3 ajralib chiqishiga va shuning uchun aluminiy hamda uning qotishmalarining elastikligi pasayib ketishiga olib keladi. Quyiladigan qotishmalarda temirning yo‗1 qo‗yilgan chegaraviy miqdori quyish usuliga bog‗liq. Qum qoliplarga quyishda 0,5—1,0% Fe ishtirok etilishiga yo‗l qo‗yiladi. Kokilga quyishda katta tezlikda sovitilish hisobiga FeAl 3 qo‗shilmalar maydalanadi, shu sababdan qotishma tarkibidagi temirning ruxsat etilgan chegaraviy miqdorini 0,8—1,4% gacha oshirish mumkin. Magniy qotishmalarida ko‗pchilik zararli aralashmalar qattiq magniyda ozgina eriydi, shuning uchun ham yoxud erkin holatda (Fe, Na, K) ajralib chiqadi, yoxud hatto juda oz miqdorda bo‗lganda ham donalar chegarasi bo‗ylab mo‗rt intermetallid qo‗shilmalar (Cu, Ni) hosil qiladi. Bu elementlar magniyning korroziyaga turg‗unligini juda pasaytirib yuboradi. Shuning uchun quyiladigan qotishmalarda zararli aralashmalar miqdori cheklangan bo‗ladi: ko‗pi bilan 0,08% Fe, 0,01% Ni va 0,1% Cu. Titan qotishmalari uchun kirishma aralashmalari (C, O 2 , N 2 , H 2 ) alohida rol o‗ynaydi. Ular qotishmalarning mustahkamligi va qattiqligini keskin oshiradi (0,01% kirishma aralashmalari kichik konsentratsiya zonasida mustahkamlikni 7—20 MPa ga oshiradi) va elastikligini pasaytiradi (aralashmalar miqdori 0,5—0,7% dan ortiq bo‗lganda u nol qiymatga ega bo‗ladi va natijada mo‗rtlik vujudga keladi). Shu boisdan kirishma aralashmalarining miqdori qat‘iy cheklanadi: O 2 < 0,1—0,15%; C < 0,5—0,1%; N < 0,04—0,15%. Eng xavflisi vodorod aralashmalaridir, chunki ular α- qotishmalarda plastinka sirpanadigan tekisliklarda gidrid fazasi hosil qiladi. Vodorod mo‗rtligi vujudga kelishining oldini olish uchun vodorod miqdori ~0,01% gacha cheklanadi. Oxirgi 10—15 yillarda tiksoquyma va reoquyma jarayonlari rivojlanib ketdi. 321 Ushbu usulda aluminiy qotishmalaridan 2000- yilda 1% quymalar olindi. SSP (Semi- Solid Processing) va SSM (Semi- Solar Merol) jarayonlarida qotishmalarga qattiq, suyuq holatida maxsus ishlov beriladi. Tiksoquyma jarayonida qotishma qotgandan so‗ng qisman bo‗shashtiriladi va ishlov beriladi. Reoquyma usulida qotishmaga qisman qotgan holatda ishlov beriladi. Tiksoquyma va reoquyma texnologik jarayonlari barqarorligi va mahsulotining mexanik xususiyatlari yuqoriligi bilan ajralib turadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling