O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.8. Yuqori sifatli rangli qotishmalar olish
5.3- rasm. EShQS jarayonining sxemasi:
a — bevosita kristallizatorda: 1 — sarflanuvchi elektrod, 2 — shlak vannasi, 3 — metall vannasi, 4 — qo‗zg‗almas kristallizator, 5 — quyma; b — metallni qayta quyish bilan: 1 - sarflanuvchi elektrod, 2 — shlak vannasi, 3 - metall vannasi, 4 — qo'zg'almas kristallizator, 5 - quyma, 6 — harakatlanuvchi suyuqlantirish sig‗imi; d — sferik tubning ESHQ sxemasi: 1 — sarflanuvchi elektrod, 2 — shlak vannasi, 3 — metall vannasi, 4 — quyma; e — qulflash armaturasi korpusining ESHQ sxemasi: 1 - sarflanuvchi elektrod, 2 — shlak vannasi, 3 — metall vannasi, 4 — quyma, 5 — kristallizator; 6 — dron, 7 — pilik. 315 Suyuq startda shlak maxsus shlak suyuqlantiriladigan pechda suyuqlantiriladi. Jarayonni barqarorlashtirish uchun shlak vannasini qizdirish zarur. Bunda elektrod qiziydi, u suyuqlana boshlaydi va zarur bo‗lgan suyuqlantirish elektr rejirni o‗rnatiladi. Erib borayotgan elektrod shlak vannasiga uzatiladi, vanna sathi metall sathi bilan birgalikda ko‗tariladi, lekin elektrodning erishiga qaraganda sekinroq ko‗tariladi. Uzatish avtomatik yuritma yordamida amalga oshiriladi. Asosiy suyuqlantirish davridan keyin, ya‘ni butun quyma suyuqlantirib bo‗lingach, quvvat kamaytiriladi va bosh qismni ta‘minlash amalga oshiriladi (xot- topping); kirishish natijasida paydo bo‗ladigan nuqsonlar minimumga keltiriladi. Elektr shlak yordamida quyish metodi — zararli aralashmalardan tozalangan, zich, bir tekis strukturali metall tayyorlashga imkon beradi, bu esa boshqa suyuqlantirish usullari yordamida olib bo‗lmaydigan xossali, murakkab quymalar tayyorlash imkoniyatini ta‘minlaydi. 5.8. Yuqori sifatli rangli qotishmalar olish Rangli qotishmalar sifati temir- uglerodli qotishmalar singari kimyoviy tarkibi, suyuqlantirilgan holatdagi temperaturasi va tozaligi, ya‘ni gaz hamda metallmas qo‗shilmalar va zararli aralashmalarning bo‗lmasligi bilan aniqlanadi. 5.4- rasmda quyiladigan yuqori sifatli rangli qotishmalar olish sistemasini analiz qilish sxemasi keltirilgan. Jarayonning markaziy operatsiyasi — tozalashdir. Olinadigan qotishmaning sifati bu operatsiyaga sezilarli darajada bog‗liq bo‗ladi. Lekin u faqat tozalash bilan aniqlanmaydi. Qotishma sifatiga shixta tarkibi ham, suyuqlantirish jarayonining barcha texnologik parametrlarga rioya qilinishi ham ta‘sir qiladi. Yuqori sifatli qotishmalar olish texnologik jarayonning har bir elementini sinchiklab bajarish natijasida ta‘minlanadi. Ulardan asosiylari quyidagilardir: Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling