O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Legirlangan cho‘yanlarni suyuqlantirishda legirlovchi elementlarni kiritish bo‘yicha tavsiyalar
- 5.5. Quymalar uchun yuqori sifatli po‘lat olish texnologiyasi
5.4. Legirlangan cho‘yan olish
Legirlangan cho‗yan suyuqlantirishning asosiy xususiyati — qo‗llanilayotgan suyuqlantirish metodlari sharoitlarida oksidlanishga turlicha moyil bo‗lgan legirlovchi elementlarni kiritishdan iborat. Kam legirlangan cho‗yanlarni suyuqlantirish vagrankalarda va elektr pechlarda amalga oshiriladi. Legirlovchi elementlarni ikkita usulda kiritish mumkin: a) tabiatda legirlangan cho‗yanlarni shixtalab va b) ferroqotishmalar qo‗shib. 5.2- jadvalda legirlovchi elementlarni kiritish bo‗yicha asosiy tavsiyalar keltirilgan. Tarkibida Ct va Ni bo‗lgan, kam legirlangan konstruksion cho‗yanlar olishda ЛХН1—ЛХН10 markali (1% gacha Ni va 2,3— 3,2% Cr) quyma ko‗rinishidagi tabiatda legirlangan cho‗yanlardan foydalaniladi. Kam legirlangan cho‗yanlarga titan va mis БТМЛ ti pidagi tabiatda legirlangan cho‗yanlar bilan kiritiladi. Masalan, dvigatellarning gilzalari uchun kam legirlangan cho‗yanni dupleks-jarayon vagranka—elektr pechi vositasida suyuqlantirib olishda vagranka shixtasida legirlovchi elementlarning dastlabki miqdoriga qarab 7 dan 10% gacha ЛХН va БТМЛ dan foydalaniladi. Suyuq cho‗yan vagrankadan elektr pechga qayta quyiladi, bu pechda u o‗ta qizdiriladi va, agar zarur bo‗lsa, kimyoviy tarkibi korrektirovka qilinadi. Pechdan chiqarib, kovshga quyish vaqtida cho‗yan ferrosilitsiy bilan modifikatsiyalanadi. Ko‗p legirlangan cho‗yanlarni suyuqlantirish o‗ziga xos xususiyatlarga ega, lekin barcha hollarda uni elektr pechlarda suyuqlantirilsa, maqsadga muvofiq bo‗ladi. 5.2- jadval Legirlangan cho‘yanlarni suyuqlantirishda legirlovchi elementlarni kiritish bo‘yicha tavsiyalar Legir- lovchi element Legirlanish darajasi Legirlovchi qo‗shimchalar Kiritish usuli Suyuqlan- tirish usuli O‗zlash- tirish koef-ti 1 2 3 4 5 6 304 Cr Past Tabiatda legirlangan cho‗yan Shixtaga Vagranka, elektr pechi 0,8-0,9 O‗rtacha va yuqori Ferroxrom -//- Suyuqlan- tirish oxirida pechga Vagranka Elektr pechi 0,8-0,85 0,9-0,95 Ni Past Tabiatda legirlangan cho‗yan LXN Shixtaga Vagranka, elektr pechi 0,9-0,95 O‗rtacha va yuqori Ferro nikel ligaturalar, barcha markadagi metall nikel -//- -//- Vagranka Elektr pechi, vagranka 0,88-0,92 0,92-0,96 Cu Past Tabiatda legirlangan cho‗yan Shixtaga Vagranka, elektr pechi 0,9-0,95 O‗rtacha va yuqori Barcha markadagi metall mis -//- -//- Elektr pechi, vagranka 0,9-0,95 Ti Past Past va o‗rtacha Tabiatda legirlangan cho‗yan Ferrotitan Shixtaga Suyuqlan- tirish oxirida pechga yoki kovshga Vagranka, elektr pechi Elektr pechi 0,6-0,7 0,45-0,55 305 Mo Past va o‗rtacha Ferromolibden -//- Elektr pechi 0,92-0,97 Al Past Metall aluminiy Kovshga Elektr pechi, vagranka 0,7-0,75 Yuqori -//- Suyuqlan- tirish oxirida pechga yoki kovshga Elektr pechi 0,7-0,75 W Past Ferrovolfram Kovshga Vagranka, elektr pechi 0,92-0,96 O‗rtacha Ferrovolfram Suyuqlan- tirish oxi- rida elektr pechga Elektr pechi 0,92-0,96 V Past Ferrovanadiy Kovshga Elektr pechi, vagranka 0,88-0,92 O‗rtacha Ferrovanadiy Suyuqlan- tirish oxirida pechga Elektr pechi 0,88-0,92 306 5.5. Quymalar uchun yuqori sifatli po‘lat olish texnologiyasi Quymadagi po‗latning sifati uni olish texnologiyasiga sezilarli darajada bog‗liq bo‗ladi. Texnologiya metallmas qo‗shilmalarning miqdori, tarkibi, shakli va taqsimlanishini aniqlaydi. Po‗latning sifatiga uning tarkibidagi oltingugurt, fosfor, kislorod, azot va vodorod katta ta‘sir ko‗rsatadi. Shuning uchun tayyorlash texnologiyasi zararli aralashmalar miqdorining juda kam bo‗lishini, metallmas qo‗shilmalarning eng kam zararli shaklini va talab etilgan strukturani ta‘minlashi kerak. Yuqori sifatli po‗lat olish jarayoni uchta bosqichdan iborat: suyuqlantirish, pechdan tashqarida ishlov berish va termik ishlash. Quymadagi po‗latning sifati shixta sifatiga bog‗liq bo‗ladi. Kislotali jarayonda shixta tarkibidagi zararli aralashmalar miqdorining juda oz bo‗lishini ta‘minlash ayniqsa muhimdir, chunki u pechdan oltingugurt va fosforni chiqarib yuborishga imkon bermaydi. Suyuqlantirish jarayonida po‗latning sifatiga oksidlash davri (qaynash jadalligi va uning davom etishi, shlakning tarkibi) va qaytarish davri (uning davom etishi, shlak tarkibi, oksidsizlantirgichlar hamda modifikatorlarning tarkibi va miqdori) rejimlari ta‘sir qiladi. Po‗latning sifatini yaxshilashda po‗latni modiflkatsiyalash, zararli aralashmalar miqdorini kamaytirish va metallmas qo‗shilmalarning miqdori, tarkibi, shakli hamda taqsimlanishiga jiddiy ta‘sir ko‗rsatishga imkon beruvchi pechdan tashqarida ishlov berish usuli katta ahamiyatga ega. Shunga o‗xshash, lekin po‗latning sifatiga ancha chuqur ta‘sir ko‗rsatishni maxsus elektr metallurgiya metodlari ta‘minlaydi. Bu metodlar yuqori sifatli po‗lat quymalar olishda keng qo‗llaniladi va po‗lat quymakorligida foydalana boshlanmoqda. 5.2- rasmda quyiladigan po‗lat sifatini yaxshilash uchun qo‗llaniladigan pechdan tashqarida ishlov berish va elektr metallurgiya asosiy usullarining klassifikatsiyasi keltirilgan. Pechdan tashqarida ishlov berishning eng oddiy turi modifikatsiyalashdir. Modifikatsiyalangan uglerodli po‗lat xossalari bo‗yicha tejamli legirlangan po‗latlarga, modifikatsiyalangan tejamli legirlangan po‗lat esa 307 qimmatbaho va nodir qo‗shimchalar (Ni, Mo va shunga o‗xshashlar) bilan legirlangan po‗latlarga yaqinlashadi. Ishqor hosil qiladigan va ishqoriy- yer metallar bilan modiflkatsiyalash po‗latning xossasini sezilarli darajada yaxshilashga imkon beradi. RZE silitsidlarning ittriy bilan ishlatishi, ayniqsa, samaralidir. Kompleks modifikatorlarning kiritilishi oksidsiz- lantirish, tozalash va modifikatsiyalashni amalga oshirishga imkon beradi, chunki RZE po‗latning asosiy komponentlariga nisbatan oltingugurt va kislorodga yuqori darajada kimyoviy yaqin bo‗ladi. Po‗lat- ning sifatiga nitrid hosil qiluvchi modifikatorlar jiddiy ta‘sir ko‘rsatadi. Ko‗p modifikatorlar metallmas qo‗shilmalarning globulizatsiyalanishiga yordam beradi. Bu jihatdan eng samaralasi kalsiy va RZE dir. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling